Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Uyquchi ayiqpolvon

Qo‘ng‘ir ayiq juda quvnoq,

O‘zi momiq, semiz biroq.

Baliqlarni tutay, deydi,

Bir yamlamay yutay, deydi.

 

Asalni g‘amlab olib,

Qish bo‘yi dong qotadi.

Beparvo uyquchini

Ayting, kim uyg‘otadi?

 

Lobar RAHIMOVA,

Xorazm viloyati Bog‘ot tumani

10-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.