Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Nishona

  • Qor ilhomi

    Qor yog‘adi, yog‘ar oppoq qor,

    Yer yuziga to‘shalib.

    Qor yog‘adi, buncha maftunkor,

    Orzularim ushalib.

     

    Ushlay desam, erib ketadi,

    Qotar qo‘llarim.

    Menga ilhom berib ketadi,

    Oppoq yo‘llarim.

     

    Gulira’no ANVAROVA,

    Farg‘ona viloyati Furqat tumani 26-maktab o‘quvchisi

  • Qahramonim

    Qahramonim yetaklar

    Meni og‘ir safarga.

    U bilan birga bo‘lib,

    Ko‘p uchradim xatarga.

     

    U yig‘lasa, yig‘ladim,

    Kulganida bo‘ldim xush.

    Birga maqsadga yetdik,

    Do‘stlik ekan buyuk kuch.

     

    Sadoqat RAZZOQOVA,

    Andijon viloyati Buloqboshi tumani 31-maktab 7-sinf

  • Kumush qish

    Kirib keldi kumush qish,

    Muz chanasin yetaklab.

    Par misoli yog‘di qor,

    Ko‘kdan etak-etaklab.

     

    Bolalar o‘ynashar qor,

    Uchishar chang‘i, chana.

    Qishning ajib zavqi bor,

    O‘lkamga keldi yana.

     

    Sarvar BAHODIROV,

    Toshkent shahridagi 193-maktab 7-sinf

  • Vatanim

    Har go‘shasi gulga o‘ralgan,

    Madhi olam uzra taralgan,

    Tuprog‘i jannatdan yaralgan

    Olam uzra tengsiz, Vatanim.

     

    Tinchlik nurin sochar quyoshim,

    Baxtdan masrur har bir yurtdoshim,

    Bugun ko‘kka yetgudek boshim

    Senga mehrim cheksiz, Vatanim.

     

    Islom XOLMURODOV,

    Surxondaryo viloyati Sherobod

    ...
  • Xoinlik

    Qora bo‘lib yuzingiz

    Yot bo‘ldingiz Vatanga.

    Yuragingiz bir umr

    Tirnar azob, alanga.

     

    O‘z vaqtida tuzoqdan

    Bo‘lganingizda ogoh.

    Zoye ketmasdi umr,

    Chekmasdingiz so‘ngsiz oh.

     

    Aziza ASADOVA,

    Buxoro viloyati Kogon tumani 7-maktab 6-sinf

  • Kitob o‘qigan bola

    Bilim berar kitob,

    Qilar shunday xitob:

    Gar o‘qisang meni

    Yuzing bo‘lar oftob!

     

    Har satri ma’noga

    To‘la bir jahon.

    O‘qigan bolaning

    Ko‘ksi bo‘lar osmon.

     

    Hulkar ABDULLAYEVA,

    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 33-maktab 5-sinf

  • Qish

    Pag‘a-pag‘a yog‘ar qor,

    Turfa shakl-naqshinkor.

    Raqs tushib tegramda,

    Jilolanar maftunkor.

     

    Goho ma’sum, goh shodon,

    Talpinadi biz tomon.

    Yer yuziga ko‘rpasin

    To‘shab qo‘yadi osmon.

     

    Maftuna RAJABOVA,

    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 31-maktab 6-sinf

  • Olapar

    Tiya olmay nafsini,

    Uchib ho-yu havasga.

    Suyak, deb daydi itim

    Tushib qoldi qafasga.

     

    Chiqaman, deb tuzoqdan,

    Tilindi hamma yog‘i,

    Urib yordi boshini,

    Og‘rib ketdi oyog‘i.

     

    Endi bildi olapar,

    Also bo‘lmaydi daydi.

    Ne bo‘lsa ham hech qachon

    Uydan uzoq

    ...
  • “Bemor “ayiqcha

    – Oyi, oyi, oyijon,

    Olib bering qand, asal.

    Momiqqina ayiqcham

    Bo‘lib qolibdi kasal.

     

    Shunday deya Nodira

    Momiqni qo‘lga oldi.

    So‘ng asalni o‘zining

    Og‘izchasiga soldi.

     

    Ziynat SAYFIDDINOVA,

    Buxoro viloyati Qorako‘l tumani 19-maktab 5-sinf

  • Archa

    Shoxlarini yashnatdi,

    Zarparchalar elanib.

    Qorbo‘ron o‘ynab keldik

    Oppoq qorga belanib.

     

    Uyimizning to‘rida

    Bayram qilmoqda birga,

    Yangi yilning kelganin,

    Bildirib turar archa.

     

    Iroda AMIRDINOVA,

    Navoiy viloyati Nurota tumani 42-maktab 7-sinf

  • Qo‘g‘irchoq

    Qo‘g‘irchog‘im, qo‘g‘irchoq

    Kiyimlari chiroyli.

    Orqada kokilining

    O‘rimlari chiroyli.

     

    Uxlasin, deb yotqizsam

    Sira yumilmas ko‘zi.

    Bir nimalar desa ham

    Eshitilmaydi so‘zi.

     

    Nurzoda IKROMJONOVA,

    Toshkent shahar Chilonzor tumani 270-maktab 4-sinf

  • Shuningdek... (2016-yil 12-son)

    Shuningdek, sahifamizga Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 29-maktab o‘quvchisi Muxtaramxon Hasanova, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 85-maktab 6-sinf o‘quvchisi Ma’ruf Boymatov, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 3-maktab 8-sinf o‘quvchisi Shahzoda Umarova, Xorazm viloyati Gurlan tumani 1-maktab 7-sinf o‘quvchisi Maftuna

    ...
  • Orzu sari ilk qadam

    Gulxanjon! Men ulkan yutuqni qo‘lga kiritdim va sevinchimni sen bilan baham ko‘rgim keldi. Men Dehqonobod tumanidagi 71-maktabda o‘qiyman. Ingliz tili, matematika, kimyo, fizika fanlarini juda yaxshi ko‘raman, a’lo baholarga o‘zlashtiraman.

    Lekin sevimli mashg‘ulotim tikuvchilik. Kelajakda liboslar dizayneri bo‘lmoqchiman. Buning uchun hozirdanoq harakat qilyapman. Yangicha bichimdagi

    ...
  • Nurli bo‘ston

    Ariqlarda oqar zilol suv,

    Har tomchida mehr bor qutlug‘,

    Ota makon ulug‘dan ulug‘.

    Quyoshli yurt – nurli bo‘stonda,

    Men yashayman O‘zbekistonda.

    Cho‘p qadasang gullagay albat,

    Tuprog‘i zar, mevasi sharbat,

    Oftob va oy do‘stidir abad,

    Quyoshli yurt – nurli bo‘stonda,

    Men yashayman

    ...
  • Qishloq odami

    Kuni tunga ulanib borar,

    Hordiq nima? Mehnat bayoti.

    Tong uyg‘onmay, tandir non yopar,

    Jo‘shqin, turfa qishloq hayoti.

     

    Boshlanadi shu shirin tashvish,

    Quyosh uxlar, bog‘da qaynar ish.

    Mehnat birdek etadi davom,

    Xoh yozmi u, xoh qahraton qish.

     

     

    Tuproq o‘pib dehqon bola der:

    “Yuragiman shu aziz

    ...
  • Beminnat do‘st

    Inson hayotida ko‘plab do‘st orttirishi mumkin, lekin kitobdan yaxshiroq beminnat do‘st bo‘lmaydi. Undan saboq olishdan tashqari hayot uchun kerakli yo‘lni tanlab olishni ham o‘rganamiz.

    Oq-qorani ajratishda, qanday inson bilan do‘st tutinish kerakligini o‘rgatuvchi ham kitobdir.

    Darhaqiqat, senga oq yo‘l tilagan, oydin hayot sari yo‘llagan kitobdan hamisha

    ...
  • Birinchi qor

    Ushlasangiz bir mayin,

    Yog‘aversin tinmayin.

    Biram oppoq beg‘ubor,

    Xush ko‘rdik, birinchi qor.

     

    Berkitib oftoboydan,

    Issiq, degan saroydan.

    Sumalak – sovuq dastyor,

    Erima, birinchi qor!

     

    Sadoqatoy NORMAHMATOVA,Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

    41-maktab o‘quvchisi

  • Hiyla

    Mushuk dedi Sichqonga:

    – Senga ajib sovg‘am bor.

    Kelsang, birga o‘ynaymiz,

    Ko‘rsataman don-ombor.

     

    Don tashishga o‘rgangan

    Sichqon chiqdi inidan.

    Poylab turgan Mushukvoy

    Tappa bosdi dumidan.

     

    Gulnihol MUHAMMADJONOVA,

    Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 2-maktab 7-sinf

  • Qorparcha

    Sekin-asta qo‘ndi qo‘limga,

    Qorparchalar bunchalar mitti.

    To‘shar oq libosin yo‘limga,

    Yumshoqqina pardayin xuddi.

     

    To‘polon qilsa ham izg‘irin,

    Do‘stim, qishning kelgani yaxshi.

    Xuddi zardek yoqqan qorparcha

    Kumush qishning ziynati, naqshi.

     

    Robiya AVAZOVA,

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l

    ...
  • Sabzavotlar

    Savatchamni to‘ldirdi,

    Sabzi, turp va pomidor.

    Osh-ovqatni boyitgan

    Turfa xil vitamin bor.

     

    Dumalaydi rediska,

    Salatbopdir baqlajon.

    Sabzavotli taomlar

    Dasturxonimda mehmon.

     

    Laziza QIYOMOVA,

    Toshkent shahar 285-maktab 5-sinf

  • “Gulxan”

    Bolalikning sururli

    Dami go‘zal sen bilan.

    Hayotimning mazmuni

    Do‘stim erursan, “Gulxan”.

     

    Seni olsam qo‘limga,

    Shodlik to‘lar dilimga.

    Go‘yoki mislsiz baxt,

    Nur taralar yo‘limga.

     

    Behro‘z RASHIDOV,

    Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani

    Ko‘zi ojizlar maktab-internati, 8-sinf

  • Varrak

    Ukamning yaxshi ko‘rgan

    Varragi sinib qoldi.

    Qanotlari qayrilib,

    Ucholmay rosa toldi.

     

    Qo‘limga yelim olib,

    Atrofida aylandim.

    Varrakni tuzatmoqqa

    Mehrim bilan shaylandim.

     

    Niyating xolis ekan,

    Ahil bo‘lsak juda soz.

    Orzularingdek baland

    Varraging qilsin

    ...
  • Bayram

    Orzularga oson yetib bo‘lmaydi,

    Mehnat-u mashaqqat men bilan hamdam.

    Har qilgan yaxshi ish ma’naviyatdir,

    Onamning kulgusi men uchun bayram.

     

    O‘rganib tolmayman, irodam toshdan,

    G‘ovlarni yengaman mushkul bo‘lsa ham.

    Orzularim albat ushalgusidir,

    Dunyoni ko‘rganim eng katta bayram.

     

    Gulshoda

    ...
  • Vatanim

    Tog‘laridir purviqor,

    Bog‘laridir maftunkor,

    Onamdayin mehri bor,

    Mening ona Vatanim.

     

    Gullari nafis, anbar,

    Boyligi oltin, marmar.

    Quyoshi sochadi zar,

    Mening ona Vatanim.

     

    Madinabonu JUMAYEVA,

    Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 22-maktab 9-sinf

  • Ona mehri

    Ukam rosa yig‘ladi,

    Onam “alla” kuyladi.

    Uni tinglab mittivoy

    Orom olib uxladi.

     

    Yurakdan chiqqan “alla”,

    Yaxshilikka yetaklar.

    Onam bor mehrin qo‘shib

    Aytar “alla”, ertaklar.

     

    Mahmud PARDABOYEV,

    Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 42-maktab 6-sinf

  • Do‘stimsan, kitob

    Gar o‘qisam yorishar dilim,

    Sahifasi zakovat, bilim.

    O‘qib, uqib olyapman ta’lim,

    Mening yaqin do‘stimsan, kitob.

     

    Marjona XOLXO‘JAYEVA,

    Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani

    25-maktab 7-sinf

  • Shukronalik

    Erta tong uyg‘oning,

    Musaffo osmon.

    Yangi kun bergani

    Bizga katta baxt.

    Derazam yonida

    Qushlar chug‘urlab,

    Tinchlikka, hurlikka

    Aytar salovat.

     

    Aziza QAYUMOVA,

    Buxoro shahar 30-maktab 9-sinf

  • Sog‘inchim

    Tunlaringda gullar ochilsa,

    Kuy taralib allalasa kunduzni.

    Oymomo quyoshga ertaklar aytsa,

    Qizim, deb erkalatsa yulduzni.

    Qachon to‘shalarkan zaminga gilam

    Shunchalar sog‘indim men seni ko‘klam.

     

    Zarnigor SHERMATOVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani 206-maktab 9-sinf

  • Shuningdek… (2017-yil, 1-son)

    Shuningdek, “Nishona” sahifamizga Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 16-maktab o‘quvchisi Parizoda Ro‘ziboyeva, Navoiy shahar 12-DIUM 7-sinf o‘quvchisi Umidjon Rahmonov, Toshkent shahar Bektemir tumani 289-maktab 8-sinf o‘quvchisi Mohichehra Ma’murjonova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 13-maktab-internati, 6-sinf o‘quvchisi

    ...
  • Xayollar…

    Mening xayollarim... Oh, buncha chiroylisizlar-a! Hayot bermagan zavqni sizlar berasizlar go‘yo. Men sizlarni dunyodagi eng chiroyli gullarga o‘xshatgim keladi, ifori olamni tarovatga to‘ldiradi. Gulni shunchalar sevamizki, uni ko‘rgandan so‘ng qanday uzib olganimizni sezmay qolamiz. Keyin... Keyin so‘lib qoladi.

    Yo‘q! Go‘zallik so‘lmasligi kerak. Demak gul emas. Balki bahordir!

    ...
  • Maqtar har kuni onam

    Majnuntol

    Sen betartib qiz bo‘psan,

    Hoy, majnuntol, majnuntol,

    Yo‘qmi, axir bog‘iching?

    Sochlaringni yig‘ib ol.

     

     

    O‘zga yurt

    Barcha sharoit bor-ku,

    Ammo meni aqlim lol.

    – Nima uchun bananvoy,

    Boshing egik, qadding dol?

    – Sharoit yomon emas,

    Yo‘q kamchilik

    ...
  • Ma’rifatchi buvijonim

    Buvim Mashhura Normatova oliy ma’lumotli o‘qituvchi. Uyimizda juda katta kutubxonamiz bor. Hatto mahalladoshlarimiz ham oilaviy kutubxonamizdan foydalanishadi. Buvim o‘rganib chiqibdilar. Yil davomida “Ikki eshik orasi” romanini 110 ta qo‘shnimiz, “Yulduzli tunlar” va “Ulug‘bek xazinasi” kitoblarini 100 ta qo‘shnimiz o‘qib chiqibdi. Anvar Obidjon va Xudoyberdi To‘xtaboyev kitoblariga bolalar

    ...
  • Orzular ushaladi

    Adabiyot darsida “Mening orzuim”, degan mavzuda insho yozdik. Mening inshoimda “Kelajakda jurnalist bo‘lmoqchiman. Jamiyatdagi muammolarni ochiq-oydin yozib, ularning bartaraf qilinishiga hissa qo‘shmoqchiman”, degandim. Inshoim yaxshi baholandi. Ustoz yuqoridagi satrlarni ovoz chiqarib o‘qib berdi. Shunda guruhdoshim Jamshid, jurnalist bo‘lish oson ekanmi?! Jurnalist gapga chechan,

    ...
  • Eng yaqin do‘st

    Men 6-sinfda o‘qiyman. Mening eng yaqin do‘stim Inoyat. Maktabga borgach, dars boshlangunga qadar ikkimiz kutubxonamizda kitob o‘qiymiz. Kunlardan bir kuni maktabga borayotib, ikkita maktabdoshimizning ko‘chada yurganini ko‘rib qoldik. Ularni o‘zimiz bilan birga kutubxonaga olib kirdik. Kutubxonachimiz ularga “Robinzon Kruzo” kitobini tutqazdi. Asar bolalarga juda yoqdi. Ular kutubxonaga a’zo

    ...
  • Kitob yoki kompyuter

    Ustozimiz Sayyora opa Tursunboyeva maktab o‘quvchilari orasida yuqoridagi mavzuda so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu savolga maktabning 64 foiz o‘quvchisi “Kompyuter”, deb javob berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning 20 foizi kompyuterdagi o‘yinlar, 44 foizi internet sahifalari qarshisida vaqt o‘tkazar ekan.

    26 foiz o‘quvchi kitobni yoqlab ovoz berdi. 10 foiz bola esa kompyuterdan kerakli

    ...
  • Yaxshi maslahatchi

    Tunov kuni dugonam Zulfiya bilan xafalashib qoldim. Shundanmi, kayfiyatim tushib ketdi. Qo‘lim ishga bormay qoldi. Bu haqda onamga aytay desam, o‘zimni koyib berishlaridan cho‘chidim. Nima qilishni bilmay turganimda ko‘zim javondagi kitoblarga tushdi. Beixtiyor ulardan biriga qo‘l cho‘zdim. Adiba Tursunoy Sodiqovaning kitobi ekan. Erinibgina sahifaga ko‘z yugurtirdim. O‘qidim-u, o‘zim izlagan

    ...
  • Kutubxonam bor

    Sinf rahbarimiz Nargiza opa Raimova shaxsiy kutubxonasi uchun kitoblar yig‘ishni yaxshi ko‘radi. Kitobni ko‘rganda bir sandiq oltin topganday quvonib ketadi. O‘qigan kitoblari haqida bizga so‘zlab beradi. Natijada biz ham bu kitoblarga qiziqib qolamiz. Nargiza opa kitoblaridan bizga ham ulashadi. Biror muammoga duch kelib qolsak, darrov ustozimizdan maslahat so‘raymiz. Chunki kitobxon,

    ...
  • Sadoqat

    Yurgin uka, seni olib ketaman,

    Ulkan shaharlarni kelasan ko‘rib.

    – Yo‘q, opa, men ketsam mo‘rar sigirim,

    Qo‘ylarim g‘allani qo‘yishar “o‘rib”.

     

    – Axir qishloq bo‘lsa, sen yetti yoshsan,

    Eplashar sensiz ham, ketding-ku tolib.

    – Yo‘q, opa, men ketsam qo‘shni bolalar,

    Singlim xo‘rozqandin qo‘yishar

    ...
  • Odobsiz bola

    Juda hayron qolaman,

    Nabining ishlariga.

    Dam bermas danak chaqib,

    Bechora tishlariga.

     

    Ko‘cha-ko‘yda bolalar,

    Ko‘rsa qochar nariga.

    Chaqma-chaqar, jahldor,

    O‘xshatishar ariga.

     

    Nabining ishlaridan

    Do‘stlar, qiling xulosa.

    Bo‘lib odobsiz bola,

    Kulguga qolmang

    ...
  • Vatanim

    Mening ona yurtimning

    Go‘yo har kuni bayram.

    Xalqimiz ahil-inoq,

    Ishchan, mehnatkash biram.

     

    Duo uchun qo‘l ochgan

    Buvi, bobolari bor.

    Quyosh nurini sochgan

    Osmoni tinch, beg‘ubor.

     

    Ma’mura BO‘RONOVA,

    Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 17-maktab 7-sinf

  • Qor yog‘ishi

    Qor yog‘ishin kuzatsam

    Uchyotganga o‘xshayman.

    Belkurakni tuzatsam,

    Qishga mehrim qo‘shgayman.

     

    Qor yog‘ishi chiroyli,

    Pag‘a-pag‘a tushadi.

    Sovuq bo‘lsa ham mayli

    Rizq-ro‘zimiz oshadi.

     

    Sobit JUMANOV,

    Jizzax viloyati Baxmal tumani 11–maktab 6-sinf

  • Qish so‘nggida

    Zarrin oppoq qorlari bilan,

    Qish bezaydi butun olamni.

    Ko‘kdan tushgan mitti qorparcha,

    Xushnud etar barcha odamni.

     

    Birdan quyosh charaqlab chiqib,

    Zamin yig‘ar oppoq ko‘rpasin.

    Chechaklarga burkanar atrof,

    Olam tuyar bahor nafasin...

     

    Mohira TOSHTEMIROVA,

    Qashqadaryo viloyati

    ...
  • Yurtim mening

    Tahsin aytib, tole kulgan fursatlarga,

    Vatan uchun tayyordirmiz xizmatlarga,

    Quchog‘ingni to‘ldiramiz ziynatlarga,

    Tuprog‘ini otam sevgan, yurtim mening.

     

    O‘zbekiston kelajagi buyuk bo‘lgay,

    Farzandlari dunyolarga suyuk bo‘lgay,

    G‘animlari xijolatdan kuyib o‘lgay,

    Tuprog‘ini bobom sevgan, yurtim

    ...
  • Onamga

    Onam sog‘ bo‘lsa gar

    Shuning o‘zi baxt,

    Yuribman tangridan

    Umrini so‘rab.

     

    Volidam g‘am chekib,

    Mashaqqat chekib,

    Ter to‘kar bizlarni

    Baxtlarga o‘rab.

     

    Sevara BOTIROVA,

    Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 26-maktab 7-sinf

  • Quyoshdek taftli

    Ona mehri quyoshdek taftli,

    Har yurakka iliqlik berar.

    Erkaliklar qilgan onimiz

    U ham bizdek shodlanib borar.

     

    Onajonim sizning mehringiz

    Yo‘llarimni yoritgan chiroq.

    Shu sababli yoningizdan hech

    Uzoqlashgim kelmaydi yiroq.

     

    Shahnoza INOMJONOVA,

    Toshkent viloyati Zangiota tumani

    ...
  • Musiqa

    Ovozimiz sozlovchi,

    Fanning nomi – musiqa

    So‘zlarga sehr qo‘shar

    Bamisoli tilsim-a!

     

    Yangrar yetti notasi

    Bir-biridan ajoyib.

    Do, re, mi, fa, so, lya, si,

    Eshitsangiz, g‘aroyib.

     

    Barcha birdek suyadi,

    Diltortar ushbu fanni.

    Qo‘shiq va sirli ohang

    Ko‘kka yetaklar

    ...
  • Matematika

    Matematika fani –

    Sanoq sonlar joylami.

    Algebraning nasli – u

    Natural son boylami.

     

    Eng kichkina son bu – bir,

    Eng kattasi esa sir.

    Matematik bo‘lsam der,

    Partadoshim Alisher.

     

    Sevarbek ELBOYEV,

    Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 118-maktab 6-sinf

  • Tovug‘im

    Olachipor tovug‘im

    Har kun beradi tuxum.

    Don-dun berib boqaman,

    Men ham unga yoqaman.

     

    Xonzodabegim BAHODIROVA,

    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 19-maktab o‘quvchisi

  • Shuningdek... (2017-yil 2-son)

    Shuningdek, sahifamizga Buxoro viloyati Kogon shahridagi 17-IDUMning 7-sinf o‘quvchisi Feruzabonu Muhsinova, Jizzax tumanidagi 17-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Kumushbibi G‘oyibnazarova, Farg‘ona tumanidagi 8-maktab o‘quvchisi Sojida Abdukarimova, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 44-maktab 6-sinf o‘quvchisi Munisa

    ...
  • Muhabbatga to‘ldirar dilni

    Ustozlar

    Tafakkurga yetaklab bizni

    Ongimizga sochadi ziyo.

    Ravon qilib yo‘llarimizni

    Har so‘zida o‘zgacha ma’no.

     

    Quyosh kabi issiq kaft ila

    Ezgulikka chorlaydi bizni.

    Madaniyat, ma’rifat deya,

    Muhabbatga to‘ldirar dilni.

     

    Mehr-shafqat unda mujassam,

    Oq bulutdek sofdil,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.