Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Varrak

Ukamning yaxshi ko‘rgan

Varragi sinib qoldi.

Qanotlari qayrilib,

Ucholmay rosa toldi.

 

Qo‘limga yelim olib,

Atrofida aylandim.

Varrakni tuzatmoqqa

Mehrim bilan shaylandim.

 

Niyating xolis ekan,

Ahil bo‘lsak juda soz.

Orzularingdek baland

Varraging qilsin parvoz.

 

Aziza MUQIMOVA,

Jizzax shahar 11-maktab 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.