Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bayram

Orzularga oson yetib bo‘lmaydi,

Mehnat-u mashaqqat men bilan hamdam.

Har qilgan yaxshi ish ma’naviyatdir,

Onamning kulgusi men uchun bayram.

 

O‘rganib tolmayman, irodam toshdan,

G‘ovlarni yengaman mushkul bo‘lsa ham.

Orzularim albat ushalgusidir,

Dunyoni ko‘rganim eng katta bayram.

 

Gulshoda HAKIMBOYEVA,

Sirdaryo viloyati Xovos tumani

1-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.