Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Odobsiz bola

Juda hayron qolaman,

Nabining ishlariga.

Dam bermas danak chaqib,

Bechora tishlariga.

 

Ko‘cha-ko‘yda bolalar,

Ko‘rsa qochar nariga.

Chaqma-chaqar, jahldor,

O‘xshatishar ariga.

 

Nabining ishlaridan

Do‘stlar, qiling xulosa.

Bo‘lib odobsiz bola,

Kulguga qolmang rosa.

 

Sarvinoz TULIYEVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.