Sadoqat
– Yurgin uka, seni olib ketaman,
Ulkan shaharlarni kelasan ko‘rib.
– Yo‘q, opa, men ketsam mo‘rar sigirim,
Qo‘ylarim g‘allani qo‘yishar “o‘rib”.
– Axir qishloq bo‘lsa, sen yetti yoshsan,
Eplashar sensiz ham, ketding-ku tolib.
– Yo‘q, opa, men ketsam qo‘shni bolalar,
Singlim xo‘rozqandin qo‘yishar olib.
Nozimabonu SHERBEKOVA,
Sirdaryo viloyati Boyovut kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi