Kutubxonam bor
Sinf rahbarimiz Nargiza opa Raimova shaxsiy kutubxonasi uchun kitoblar yig‘ishni yaxshi ko‘radi. Kitobni ko‘rganda bir sandiq oltin topganday quvonib ketadi. O‘qigan kitoblari haqida bizga so‘zlab beradi. Natijada biz ham bu kitoblarga qiziqib qolamiz. Nargiza opa kitoblaridan bizga ham ulashadi. Biror muammoga duch kelib qolsak, darrov ustozimizdan maslahat so‘raymiz. Chunki kitobxon, ma’naviyatli insonlar uzoqni ko‘ra oladilar.
Shuning uchun ustozimizga havas qilib darsxonamning bir burchagida kichik kutubxona tashkil qildim. Endi mening ham kutubxonam bor.
Sevinch MAMADALIYEVA,
Jizzax shahridagi 11-maktab 6-sinf