Eng yaqin do‘st
Men 6-sinfda o‘qiyman. Mening eng yaqin do‘stim Inoyat. Maktabga borgach, dars boshlangunga qadar ikkimiz kutubxonamizda kitob o‘qiymiz. Kunlardan bir kuni maktabga borayotib, ikkita maktabdoshimizning ko‘chada yurganini ko‘rib qoldik. Ularni o‘zimiz bilan birga kutubxonaga olib kirdik. Kutubxonachimiz ularga “Robinzon Kruzo” kitobini tutqazdi. Asar bolalarga juda yoqdi. Ular kutubxonaga a’zo bo‘lishdi. Ular, “Endi bo‘sh vaqtimizda hech ham bekorchi o‘yinlar o‘ynamaymiz. Badiiy kitoblar o‘qiymiz. Chunki kitob vaqtimizning foydali o‘tishiga, bilimimizni boyitishga xizmat qilyapti”, – deyishdi.
Gulnihol MUHAMMADJONOVA,
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 2-maktab 6-sinf