Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob yoki kompyuter

Ustozimiz Sayyora opa Tursunboyeva maktab o‘quvchilari orasida yuqoridagi mavzuda so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu savolga maktabning 64 foiz o‘quvchisi “Kompyuter”, deb javob berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning 20 foizi kompyuterdagi o‘yinlar, 44 foizi internet sahifalari qarshisida vaqt o‘tkazar ekan.

26 foiz o‘quvchi kitobni yoqlab ovoz berdi. 10 foiz bola esa kompyuterdan kerakli maqsaddagina foydalanishni, qolgan payt kitob o‘qishni afzal ko‘rishini aytdi.

– Hozir XXI asr – texnologiyalar davri. Bu paytda kompyuter ham, kitob ham kerak, – deydi Tursunoy opa. – Agar bola kompyuterdan to‘g‘ri foydalansa, u ham bilimini oshiradi, ham dunyoqarashini kengaytiradi. Biroq kitob bolani fikrlashga undaydi, qalbini ma’rifat nurlari bilan yoritadi. Men pedagog sifatida kitobni o‘zimning yaqin yordamchim, deb bilaman, – dedilar.

 

Navro‘za TURSUNOVA,

Sirdaryo viloyati Guliston shahri 6-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.