Muhabbatga to‘ldirar dilni
Ustozlar
Tafakkurga yetaklab bizni
Ongimizga sochadi ziyo.
Ravon qilib yo‘llarimizni
Har so‘zida o‘zgacha ma’no.
Quyosh kabi issiq kaft ila
Ezgulikka chorlaydi bizni.
Madaniyat, ma’rifat deya,
Muhabbatga to‘ldirar dilni.
Mehr-shafqat unda mujassam,
Oq bulutdek sofdil, beg‘ubor.
Aql-idrok tengsiz bo‘lgan jam,
Komillikka aytadi izhor.
Baxt qushini qo‘ndirib boshga
Ma’naviyat sari yuksalar.
Iqbol tilab har o‘smir yoshga,
Har odimin maqsad-la tashlar.
Bugun bizlar yoshgina nihol,
Mag‘rur turib aytamiz shuni:
Shogirdlikka yetkazmay zavol
Ulg‘ayamiz yetib bir kuni.
Qishlog‘im
Ona qishlog‘im “Qatlos”
Ko‘rkam, go‘zal naqadar.
Boshida porlar quyosh,
Tog‘lari osmon qadar.
Odamlari mehnatkash,
Dasturxoni to‘kindir.
Bog‘lari mevaga boy,
Risq-u ro‘zi butundir.
Ariqlarda suvlari
Jilvalanib oqadi.
Kelib ko‘ring, qishlog‘im
Barchangizga yoqadi.
Oynur AZIMOVA,
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 65-maktab 7-sinf