Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shuningdek... (2017-yil 2-son)

Shuningdek, sahifamizga Buxoro viloyati Kogon shahridagi 17-IDUMning 7-sinf o‘quvchisi Feruzabonu Muhsinova, Jizzax tumanidagi 17-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Kumushbibi G‘oyibnazarova, Farg‘ona tumanidagi 8-maktab o‘quvchisi Sojida Abdukarimova, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 44-maktab 6-sinf o‘quvchisi Munisa Hojiyeva, Xorazm viloyati Yangiariq tumani 19-maktab o‘quvchilari Dinora Farhodova, Feruza Ollanazarova, Mohichehra Otabekova, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 13-maktab 5-sinf o‘quvchisi Ro‘zimurod Shodiyev, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 45-maktab o‘quvchisi Sevinch Umurzoqova, Toshkent viloyati Bekobod tumani 45-maktab 8-sinf o‘quvchisi Marjona Tojiqulovalar ham she’riy mashqlaridan namunalar yo‘llashgan.

She’rlar talab darajasida bo‘lmagani uchun ularni sahifamizda e’lon qila olmadik.

Biz yosh qalamkashlarimizga ijodiy zafarlar tilaymiz.

 

Adabiyot va san’at bo‘limi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.