Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yurtim mening

Tahsin aytib, tole kulgan fursatlarga,

Vatan uchun tayyordirmiz xizmatlarga,

Quchog‘ingni to‘ldiramiz ziynatlarga,

Tuprog‘ini otam sevgan, yurtim mening.

 

O‘zbekiston kelajagi buyuk bo‘lgay,

Farzandlari dunyolarga suyuk bo‘lgay,

G‘animlari xijolatdan kuyib o‘lgay,

Tuprog‘ini bobom sevgan, yurtim mening.

 

Munisa VALIYEVA,

Toshkent shahar Yashnobod tumani 206-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.