Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Orzu sari ilk qadam

Gulxanjon! Men ulkan yutuqni qo‘lga kiritdim va sevinchimni sen bilan baham ko‘rgim keldi. Men Dehqonobod tumanidagi 71-maktabda o‘qiyman. Ingliz tili, matematika, kimyo, fizika fanlarini juda yaxshi ko‘raman, a’lo baholarga o‘zlashtiraman.

Lekin sevimli mashg‘ulotim tikuvchilik. Kelajakda liboslar dizayneri bo‘lmoqchiman. Buning uchun hozirdanoq harakat qilyapman. Yangicha bichimdagi libos yaratish menga shunday zavq beradi-ki... Chunki xayollarimni haqiqatga aylanganini ko‘raman-da. Men ranglarni bir-biriga uyg‘unlashtirib yangi ko‘rinishdagi ko‘ylaklar tikdim. Va “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining viloyat bosqichining “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan dizayner” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldim.

Niyatim, izlanishlarni davom ettirib dizaynerlikni mukammal o‘rganish.

 

Nafisa HAMDAMOVA,

Qashqadaryo viloyati

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.