Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qishloq odami

Kuni tunga ulanib borar,

Hordiq nima? Mehnat bayoti.

Tong uyg‘onmay, tandir non yopar,

Jo‘shqin, turfa qishloq hayoti.

 

Boshlanadi shu shirin tashvish,

Quyosh uxlar, bog‘da qaynar ish.

Mehnat birdek etadi davom,

Xoh yozmi u, xoh qahraton qish.

 

 

Tuproq o‘pib dehqon bola der:

“Yuragiman shu aziz yerning”.

Manglayidan tomgan halol ter,

Chanqog‘ini qondirar yerning.

 

Tomi loydan koshonasini,

Tog‘dan katta yuragi bordir.

Oftob o‘par peshonasini,

Yerga tegmas kuragi bordir.

 

Maftuna ABDIMO‘MINOVA,

Surxondaryo viloyati Denov tumani

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.