Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Nishona

  • Naqadar yaxshi

    Sizning borligingiz naqadar yaxshi,

    Borligingiz go‘yo qalbga tutar gul.

    Shoningizni kuylab to‘ymaydi baxshi,

    She’r yozib qalamim charchamas butkul.

     

    Chechaklar unadi go‘yo ichimda,

    Nurli yuzingizni o‘ylasam, Ona.

    Ovozingiz bo‘lsin kunduz-kechimda,

    Baxtlarga cho‘maman yana va yana.

     

    Parvona etdingiz,

    ...
  • Vatanim

    Vatanim mangu gulzor,

    Har go‘shasi maftunkor.

    Qo‘l cho‘zsak yetar ko‘kka,

    Imkoniyatimiz bisyor.

     

    Qushchalar uchar shodon,

    Onam yopar shirmoy non.

    Qayerda bor bunday el?!

    Shukr, tinchdir bu osmon.

     

    Asaloy RUSTAMOVA,

    Ogahiy nomidagi ijod maktabi, 7-sinf

  • Goʻzal kalomim

    Ajdodlardan qolgan merosim,

    Olam ichra yagona tilim.

    Sening ila yuksak parvozim,

    Iftixor-la mavjlanar dilim.

     

    Qasidalar yozilgan sen-chun,

    Navoiylar madhing etgan yod.

    Zabonimda yangraysan har kun,

    She’rlarimga baxsh etib hayot.

     

    Turkiy tilim – go‘zal kalomim,

    Sen borsanki, so‘zlarim

    ...
  • Intilganim

    Vatanlar ko‘p, ammo o‘zing yagonasan,

    Olam aro eng chiroyli durdonasan.

    Talpinganim, intilganim, himoyasan,

    Jannatmakon ona diyor, O‘zbekiston!

     

    Quchog‘ingda yayragayman bir gul bo‘lib,

    Osmono‘par tog‘laringday mag‘rur bo‘lib.

    Jaloliddin, Amir Temur qizi bo‘lib,

    Sening bilan yashnagayman,

    ...
  • Musohibimsan, qalam

    Oh ursam,

    Ohlarim tinglaguvchimsan,

    Shubhasiz, qalbimni yayratgan olam.

    Ravzam ichra mening kuylaguvchimsan,

    Mening musohibim o‘zingsan, qalam.

     

    Men bir havasmandman, hamrohim o‘zing,

    Dilkash ash’orlarga bosay ming qadam.

    Ming bir jilva qilgan dilimda so‘zing,

    Mening musohibim o‘zingsan,

    ...
  • Baxtni quchib yashaymiz

    Orzularda oyga uchib yashaymiz,

    Goh Parijdan Rimga ko‘chib yashaymiz.

    Kulgularni poyingizga to‘shaymiz,

    Biz – bolalar baxtni quchib yashaymiz.

     

    Aslo kerak emas bizga g‘avg‘olar,

    Bizni qiziqtirmas boylik – dunyolar.

    Kelajakda bizdan chiqar daholar,

    Biz – bolalar baxtni quchib yashaymiz.

     

    Boqmaymiz hech

    ...
  • Qadim tumorim

    Shukrona aytib bugun,

    Qo‘limga qalam oldim.

    O‘tmishingni ko‘p o‘qib,

    Bir zum xayolga toldim.

     

    Nelar ko‘rmadi boshing,

    Chidab, yetdi bardoshing.

    Chaman etdi sahroni

    Istiqloling – quyoshing.

     

    Quvonchimdan ko‘zda nam,

    Qurimasin hech bog‘ing.

    Alloh nazar solgan yer,

    Gavhar erur

    ...
  • Bobom va buvim

    Bobom nasihatidan

    Dil uyim bo‘lar obod,

    Duolari yo‘limni

    Ravon etar umrbod.

     

    Buvimning har qadami

    Bizlar uchun chin ibrat.

    “Odobli, chaqqon bo‘ling”,

    Deya qilar nasihat.

     

    Aziz nuroniylarning

    Omon bo‘lsin boshlari.

    Asrlar yuzin ko‘rib,

    Yuzdan oshsin

    ...
  • Muqaddas so‘z

    Yonimda tursa gar bosar savlati,

    Doimo dadamga qilarman havas.

    Muhim emas menga boylik, davlati,

    Har doim yonimda omon bo‘lsa bas.

     

    Hayotda yelkadosh, suyanganim – siz,

    Kuchimga kuch qo‘shar borligingiz.

    Dada – dunyodagi eng muqaddas so‘z.

    Mudom saqlagayman nomus-oringiz!

     

    Parizoda

    ...
  • Matematika ustoziga

    Tenglama, misollar siz bilan oson,

    Vaqtimiz mazmunli  o‘tar har bir on.

    Darsingizda go‘yo jonlanar har son,

    Hisoblar ilmiga yo‘l ochgan inson.

     

    Jadval-u tenglama, yechimlar darsi. 

    Neligin angladik mahraj-u kasri

    Siz sabab osondir hamma-hammasi,

    Hisoblar ilmiga yo‘l ochgan inson.

     

    Sizni

    ...
  • Kuz

    Atrof oltin rangda xuddi olovdek,

    Xazonni uchirar sho‘x-shaddod shamol.

    Anhorda suv oqar tiniq ziloldek,

    Zaminning boshida barglardan ro‘mol.

     

    Dala-polizlarda ish ham boshlandi,

    Hosillar yig‘ilar birdek tinmasdan.

    Gohida bulutning ko‘zi yoshlandi,

    Husnin ko‘z-ko‘z qilar kuz

    ...
  • Niholoy

    Ko‘kka intilgan nihol

    O‘smoqdadir bo‘y cho‘zib.

    Tuproq unga otadir,

    Havo esa onadir.

     

    Yon bag‘irlab o‘sganlar –

    Unga aka-ukalar,

    Turfa xil chaman gullar

    Emish opa-singillar.

     

    Qushlarga boqar bir zum,

    Uchmoq istar niholoy.

    Jajji kurtaklarini

    Ochmoq istar

    ...
  • Yetti pirlar zamini

    Ta’rifin bitsam  gar  yetmaydi  qog‘oz,

    Yagona, durdona, bittadir o‘zi.

    Qancha  maqtov  aytsam,  shuncha  bo‘lur  oz,

    Umri  boqiy, abadiy  yorug‘  yuzi.

     

    Yetti  piri  asrar  xavf-u  xatardan,

    Lol  qoldirar  Minorai  kaloni.

    Iymon 

    ...
  • Quyoshga

    Quyosh nega shoshasan?

    Dasht-u qirdan oshasan,

    Botmay tursang bo‘lmasmi?

    Yoki ko‘ngling to‘lmasmi?

    Bugun biroz shoshmay tur,

    Dovonlardan oshmay tur,

    Men ham o‘ynayin biroz,

    So‘ngra bo‘lar juda  soz!

          

    Shaydo  XUSHMURODOVA,

    Samarqand viloyati Ishtixon

    ...
  • Borliq

    Derazamni ochaman tongda,

    Urilar muattar, muambar islar.

    Dimog‘imni qitiqlar yana,

    Dilim xushlar, tanim yayratar.

     

    Derazamni ochaman tongda,

    Ilk ziyosin tutadi quyosh.

    Ilitaman tanimni shunda,

    Go‘yo meni yutadi quyosh.

     

    Derazamni ochaman tongda,

    Olam o‘zin etadi tortiq.

    Va atrofga

    ...
  • Tufli

    Oltin rangli tufligim,

    Oyog‘imga yarashar.

    Kiyib chiqsam ko‘chaga,

    Havas bilan qarashar.

     

    Biram ko‘rkam, bejirim,

    Buvim olib berganlar.

    “A’lochi bo‘lgin”, deya,

    Duo qilib qo‘yganlar.

     

    Otlanib maktab tomon,

    Olg‘a qadam tashlayman.

    Nur yuzli buvijonim,

    Ishonchingiz

    ...
  • Deraza

    Darsxonamda kun chiqarga

    Qarab turgan deraza bor.

    Kun chiqarga qarab turgan

    Derazamda ko‘p hikmat bor.

     

    Erta tongning mehrini u

    Ko‘zlarimga tutib turar.

    Quyoshjonning iliq nurin

    Yotog‘imga olib kirar.

     

    Shuning uchun derazamni

    Toza qilib artib turay.

    Bor mehrini ayamaydi,

    Men ham

    ...
  • Sarimsoqpiyoz

    Men piyozman – Sarimsoq,

    Pomidorga men jo‘ra.

    Ikkimizni qo‘shib bir

    Shakarob qilsang, zo‘r-a!

     

    Maydalab sol sharbatga,

    Biram xushxo‘r bo‘ladi.

    Palovning zirvagiga

    Bosib qo‘ysang bo‘ladi.

     

    Ta’mi juda ham achchiq,

    Akam bor – garmdori.

    Oz-ozdan tatib turgin,

    Biz-ku dardingga

    ...
  • Vatan

    Men dunyoga boqsam jilmayib,

    Go‘zal husning bo‘lar namoyon.

    Ta’rifingni maqtab, olqishlab,

    Seni jondan sevganim ayon.

     

    Durdek tomgan kiprikdagi yosh,

    Chehramdagi tabassum – Vatan.

    Ko‘zlarimda porlagan quyosh,

    Senga qilgum ming ta’zim, Vatan.

     

    Otash qalbni yondirgan olov,

    Bilgin, sira o‘chmaydi,

    ...
  • Yong‘oq

    Yetilib yerga tushdim,

    Havoda gir aylanib.

    Mag‘zimni yemoq uchun

    Turibsizmi shaylanib?

     

    Meni yegan bolalar

    Bo‘ladi aqli raso.

    Vitaminga boydirman,

    Sizgadir jonim fido.

     

    Ko‘proq o‘qib, o‘rganing,

    Behuda yurmang hargiz.

    Totli meva yeyish-chun

    Tabiatni

    ...
  • Baxtim

    Xizmat qilsam elimga,

    Quvvat to‘lar dilimga.

    Chanqoqdirman bilimga,

    O‘qib, unib o‘sarman,

    Vatan, mening baxtimsan!

     

    Yurtim menga cho‘zar qo‘l,

    Deydi: “Bolam, sodiq bo‘l!”

    El qudrati – zo‘r qudrat,

    Vatan sha’ni sarbaland,

    Vatan, mening baxtimsan!

     

    Shu yurtning bolasiman,

    Bordir

    ...
  • Chumoli

    Hasharotlar ichida

    O‘zingsan-ku mehnatkash.

    Hech ham tinim bilmaysan,

    Yagonasan, zahmatkash.

     

    Ko‘zing ojiz bo‘lsa ham,

    Qilaverasan ishni.

    Ba’zilar bor, umuman,

    O‘ylamay yurar qishni.

     

    Sendek hasharotlarga

    Ziyon bermay yuraylik.

    Shu borliqni avaylab,

    Yangi dunyo

    ...
  • Qish

    Bahorni deyishar,

    “Zumrad, maftunkor”.

    Zavq bilan aytishar,

    “Kel, kelgin bahor”.

    Ammo men bu she’rim

    Qishga atayman.

    Shu kumush faslga

    So‘zlar saylayman.

    Chindan, bahor go‘zal,

    Yoz – ne’mat fasli.

    Qish esa men uchun

    Poklikning asli.

     

    Aziza YUSUPOVA,

    Toshkent

    ...
  • Qish tabrigi

    Qish... Eh, kimlarga taqdir

    Nasib etmadi buni.

    Yetganlarga muborak

    Kumush qishning ilk kuni!

     

    Qorday oppoq niyatlar

    Yo‘llagayman siz tomon.

    Yuz emas mingta qishni

    Ko‘ring deyman sog‘-omon!

     

    Sovumasin taningiz,

    Qaynoq bo‘lsin yuraklar!

    Sochilsin boshingizdan

    Qorparchadek

    ...
  • Mitti orzu

    Osmonga boqib Dono,

    O‘y suradi xo‘rsinib:

    “Nega menda qanot yo‘q?

    Uchgim kelar charx urib”.

    Donoxonning oyisi

    Tikib berdi bir qanot.

    Buncha nafis, pushtirang,

    Yal-yal yonar, bir qarang!

    Donoxon taqdi uni,

    Kapalakdek quvnadi.

    Sakrab o‘ynar ko‘chada,

    Goh maqtanar bog‘chada.

    Donoxonning ko‘ngli

    ...
  • Harbiylar

    Yov ko‘ziga tik boquvchi,

    Alpomishdek pahlavon.

    Doim bo‘lsinlar omon,

    Mard va jasur harbiylar.

     

    Tunlarda bedor turib,

    Har nafas hushyor bo‘lib,

    Chegarani qo‘riqlar

    Mard va jasur harbiylar.

     

    Ular borki yurtimiz tinch,

    Osmonimiz musaffo.

    Vatan deb joni fido,

    Mard va jasur

    ...
  • Bo‘ri bilan bo‘taloq

    Bo‘ri bilan bo‘taloq,

    Bo‘lishibdi do‘st-o‘rtoq.

    Qish-qirovli kunlarda,

    Ham izg‘irin tunlarda,

    Birga jon saqlashibdi,

    Do‘stlikni oqlashibdi.  

    Ulg‘ayibdi ikki do‘st,

    Tillar do‘stlikni so‘ylar.

    Biroq sira bo‘riga,

    Tinchlik bermadi o‘ylar.

    Payt poylabdi o‘rmonda

    Shum niyatin

    ...
  • Niyat

    Hayot oqar suvga o‘xshasa,

    Men undagi bitta tomchiman.

    Dunyo meni qarshi ol, deya

    O‘zligimni ko‘rsatmoqchiman!

     

    Suzsam deyman she’r ummonida,

    Derlar: “Shoirasan bo‘lajak!”

    To‘lib-toshgum bilim konida,

    Meni kutmoqdadir kelajak!

     

    Gulsanam XURRAMOVA,

    Surxondaryo

    ...
  • Qish

    To‘rtta fasl aylanib,

    Qish kelibdi yasanib.

    Zamin oppoq o‘ramda,

    Go‘yo momiq gilamda.

     

    Ko‘cha to‘la bolalar,

    Uchar quvnab chanalar.

    Yanoqlari qip-qizil,

    O‘ynashar rosa qizib.

     

    Olam naqadar go‘zal,

    Ertakdamiz shu mahal.

    Zamin uzra yog‘ar qor,

    Atrofga sochar

    ...
  • O‘zbekiston bayrog‘i

    Davlat ramzi bayroqda

    Qarang, bordir to‘rt xil rang.

    Lekin o‘ylab ko‘rsangiz,

    Ma’nosi ko‘p, rang-barang.

     

    Oq rang poklikning ramzi,

    Orzularga ishora.

    Bunday tinch, jannatmakon,

    Yurt dunyoda yagona!

     

    Moviy rang anglatadi

    Musaffo, keng osmonni.

    Yashil rang bog‘-u rog‘lar,

    Obod

    ...
  • Issiq non

    Onam yopdi tong sahar

    Jajji kulcha, shirmoy non.

    Xushbo‘y hidi taralar,

    Yozdim fayzli dasturxon.

     

    Bug‘doyga to‘lsin xirmon,

    Mana kulcha Nozimga.

    Yaltiragan shirmoy non

    O‘xshar qizil yuzimga.

     

    Kumushoybegim PIRMANOVA,

    Sirdaryo viloyati Xovos

    ...
  • Qor zavqi

    Qishda yog‘ar oppoq qor,

    Qirda chana tortamiz.

    Goh uchib, goh dumalab,

    Quvnab, xandon otamiz.

     

    Qorli tepalar har on,

    To‘ladi o‘g‘il-qizga.

    Vaqt o‘tar shunday shodon,

    Mazza-da qishda bizga.

     

     Asaloy RUSTAMOVA,

    Ogahiy nomidagi ijod

    maktabi, 7-sinf

  • Osmon qizi

    Men osmon qiziman, yerda tug‘ilgan,

    Sochlarim o‘radi erkalab quyosh.

    Shabboda sirdoshim har kech men bilan,

    Yomg‘irlar ko‘zimda ko‘rsatmaydi yosh.

     

    Men osmon qiziman, yerda tug‘ilgan,

    Olovdan taftliroq mening yuragim.

    Nigohim chaqmoqni qoldirar ortda,

    Butun borliqqa bor asli keragim!

     

    Men osmon

    ...
  • Monolog

    Vatan mening sha’nim, g‘ururim,

    Ardoqlayman, hatto tuprog‘in.

    Tanda jonim, dilda sururim.

    Asragayman, har qarich yerin.

    Na zo‘riqish va na toliqish

    Himoyadan chalg‘itmas meni.

    Ixtiyorim bir senga berdim,

    Madadkorim, saqlayman seni.

     

    Davlatoy MIRZOHIDOVA,

    Farg‘ona davlat universiteti

    ...
  • Bobur Mirzo

    Asrlar o‘tsa ham chiqmas yodidan,

    Vatan deb ne zotlar kechgan jonidan.

    Vatan sog‘inchida shoh Bobur Mirzo,

    Shoh asar yaratgan yurak qonidan.

     

    Asli Bobur nomi hamda shonini,

    Unutmoq osonmas, guvohdir tarix.

    O‘lmas asar bitib Andijonini,

    Dunyoga madh etdi buyuk muarrix.

     

    Samarqand, Buxoro, go‘zal

    ...
  • Kulcha

    Oyim yasadi kulcha,

    Lek hali tayyor emas.

    Derlar: “Kulcha pishguncha,

    O‘ynab, yayrab kel picha.

     

    Shu kulchani sen yeysan,

    Ukang bilan bo‘lishib.

    “Oyijon, yana”, deysan,

    Mazza qilib yeb bo‘lib.

     

    Kulcha ham, albatta, non,

    Tandir nonning kichigi.

    Isini tuygan inson,

    Kelar qayta

    ...
  • Alisher Navoiy

    Azal turkiy zabonining sardorisiz, hazratim,

    Layli o‘sgan gulbog‘chaning bog‘bonisiz, hazratim.

    Izingizdan asta borsam, til dovrug‘in kuylasam,

    Shoirlikning men suzmagan ummonisiz, hazratim.

    Eng yorug‘ nur kelar moziy tomonlardan,

    Ruhim cho‘mar butun Foniy navolarga.

     

    She’riyatda, so‘z mulkining sultonisiz,

    ...
  • Tajriba

    Kimyo fani xonasida

    Bir kuni ukam bilan

    Tajribalar o‘tkazish

    Xayolga keldi birdan.

     

    Spirt bilan xlorni

    Idishga soldi ukam,

    To‘xta, deb aytgunimcha,

    Gugurtni yoqdi birdan.

     

    Xona tutunga to‘ldi,

    Yuzlarimiz qop-qora.

    “Idishning atrofida

    Olov yonmoqda,

    ...
  • Huquqlarimiz

    Biz bolamiz beg‘ubor,

    Bizda ko‘plab huquqlar.

    Bizning yurtimiz tanho,

    Bizda erkin  hududlar.

     

    Yurtimiz tinch bog‘ kabi,

    Unda biz erkin qushlar.

    O‘samiz chinni gulday,

    Ko‘ramiz oppoq tushlar.

     

    Tinch boramiz maktabga,

    Bunda turfa xil  kitob.

    Tayanamiz 

    ...
  • Vatan

    Vatan – mevali daraxt,

    Bolingdan totdik har vaqt.

    Toleyimga bitgan baxt,

    O‘zingsan, Ona Vatan.

     

    Fidoiy bo‘lgum senga

    Ishongin doim menga

    Chanqoqdirman ilmga,

    Maqsadimda sen, Vatan!

     

    Ko‘zlarimning quvonchi,

    Ortimda tog‘-suyanchim,

    Ham tumorim, tayanchim,

    O‘zingsan, Ona

    ...
  • Vatanim

    Qancha qoning bo‘lsa, Vatan uchun to‘k,               Qancha shoning bo‘lsa, Vatanni ko‘tar...

                    (Halima Xudoyberdiyeva)

     

    Vatan – Onam bag‘ri-yu

    Otam ochgan quchoqsan.

    Bolalikda

    ...
  • Takror kelar

    Kumush qishda zerikib biroz,

    Ko‘zni tikdik bahor yo‘liga.

    Ko‘klam kirib keldi, qanday soz!

    Mushtoq bo‘ldik uning guliga.

     

    Qishning ayoz kuni betayin,

    Tutdi bahor isin xumori.

    Toqqa chiqib kuzatdim sekin,

    Har daraxtda uning tumori.

     

    Yana takror bahor keladi,

    Hidlab-hidlab to‘yib

    ...
  • Usmon Nosirni o‘qib…

    She’rim, o‘zing asl gavhar ekansan,

    Qaroqlar qaridan qalqigan shu’la.

    She’rim, balki quyosh, qamar ekansan,

    Yo samo bag‘rida balqigan shu’la.

     

    Yo‘q! Sen qalblardagi yashirin so‘zlar,

    Tun sukutin yirtib yangragan nido.

    Dutorim pardasin tilib, timdalab,

    Balki, sahar chog‘i taralgan sado.

     

    Yulduz naqqosh

    ...
  • Navbahor nafasi

    Ko‘klam kelgach boshlanar,

    Qushlarning xush sayrashi.

    Gullarning xilma-xil-u,

    Rang-barang tovlanishi.

    Dalalarda ketma-ket,

    Ishlarning boshlanishi,

    Bahorning har nafasi,

    Hayotga arzigulik!

     

    Qamashtirar ko‘zlarni

    Kamalak tovlanishi.

    Ariqlarda suvlarning

    Tinishi, loylanishi.

    To‘xtagay

    ...
  • Vatan

    Oshiqaman maktabim tomon,

    Orzularim osmondek baland.

    Bizga baxtli hayotni bergan

    Tinchligimiz eng oliy ne’mat.

     

    Biz baxtiyor o‘g‘il-qizlarmiz,

    Birlashamiz bir jon-u bir tan.

    Ona kabi oq yuvib, tarab,

    Boshimizni silaydi Vatan.

     

     Ilyosjon

    ...
  • Tabiatni asrang

    Bahorda chiroyin ochdi tabiat,

    Quyoshning nurini sochdi tabiat,

    Bulutli damlarda yig‘lab yubordi,

    Yomg‘irdan jonlanib ketdi tabiat.

     

    Kecha soyasida yurgan daraxtning,

    Bugun tanasini chopdi odamlar.

    Qadring gohi bilar, goh bilmas ular,

    Nahot, asrolmadik seni, tabiat?!

     

    Tabiat  yashasa, biz ham

    ...
  • Atirgul

    Erkalatib mayin shabada,

    Shudringga bezabdi barglarin.

    Lol qoldirib mohir tabiat

    Yaratibdi noyob asarin.

    Buncha go‘zal turfa atirgul.

    Kamalakdan olganmi rangni?

    Xushbo‘yligin ta’rifi yo‘qdir,

    Rom qiladi ko‘rgan dillarni.

    Mо‘jizaga o‘xshatdim seni,

    Tarovating yayratdi ko‘nglim.

     

    Gulsanam

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.