- Rukn: Sheʼrlar
- 30 marta ko‘rilgan
Vatan
Men dunyoga boqsam jilmayib,
Go‘zal husning bo‘lar namoyon.
Ta’rifingni maqtab, olqishlab,
Seni jondan sevganim ayon.
Durdek tomgan kiprikdagi yosh,
Chehramdagi tabassum – Vatan.
Ko‘zlarimda porlagan quyosh,
Senga qilgum ming ta’zim, Vatan.
Otash qalbni yondirgan olov,
Bilgin, sira o‘chmaydi, mangu.
Vatan – qancha izlamay hatto,
Men nomini topmagan tuyg‘u.
Erta tongda derazam chertib,
Mehr bilan qaraysan, Vatan.
Aslida men bag‘ringda emas,
Sen qalbimda yashaysan, Vatan!
Muhammadyusuf HASANOV,
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani
1-maktab 7-sinf