- Rukn: Sheʼrlar
- 28 marta ko‘rilgan
Yong‘oq
Yetilib yerga tushdim,
Havoda gir aylanib.
Mag‘zimni yemoq uchun
Turibsizmi shaylanib?
Meni yegan bolalar
Bo‘ladi aqli raso.
Vitaminga boydirman,
Sizgadir jonim fido.
Ko‘proq o‘qib, o‘rganing,
Behuda yurmang hargiz.
Totli meva yeyish-chun
Tabiatni asrangiz.
Ruxshona NIShONOVA,
Farg‘ona davlat universiteti talabasi