Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2024-yil 12-son

  • Qomus kitobim

    Zarvaraq kitoblar xilma-xil, lekin

    Sen boshqa – ma’nosi, mag‘zi to‘kissan.

    Sharhlaysan el, elat bo‘lish neligin,

    Buyuk minbarlarda buyuk Qomussan.

     

    Ko‘ngilga parvarish, jonga parvarish,

    Millatman deganga yuz-u xotirsan.

    Baxtiyor tug‘ilish, farovon yashash,

    Qullik to‘nin yechib otgan botirsan.

     

    Vatan

    ...
  • Kim uyg‘oq, kim mudroq

    Qadrli o‘quvchilar! Mana jurnalning 12-soni ham sizga yetib bordi. Biz ijodkorlar esa uning har bir sonini qiziqarli, mazmunli, rang-barang qilib tayyorlash uchun yil davomida izlandik, o‘zaro bahslashdik, ijodiy suhbatlar qurdik. Siz muxlislar, “Gulxan”ni qanchalik sevib mutolaa  qilasizlar, o‘zingizga ma’lum, lekin biz jurnalni sevib tayyorlaymiz, uning har bir yangi soni ustida

    ...
  • Kundalikdan ko‘chirma

    Ibrohim G‘afurov:

    Fitratning “Sayha” asarida “Arslonlar o‘lkasi” degan ta’rif uchraydi. Bu ta’rif bizga ulug‘ maqsadlarni eslatadi: farzandlarimizni ilm arsloni qilib tarbiyalaylik! Bu yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi nishonlanmoqda. Ammo sizning farzandingiz Mirzo Ulug‘bek kimligini biladimi? Unga “To‘rt ulus tarixi”dan bir parcha o‘qib bering. Toki

    ...
  • Yangi ixtirolar sari

    Keyingi yillarda suv tanqisligi, elektr energiyasi, atrof-muhit tozaligi, ya­shilligi, ularni asrash haqida juda ko‘p ta’kidlanmoqda. Darhaqiqat, bunga qadar ko‘pchilik, ay­niqsa, shahar aholisi suvni tejab ishlatishni unutib qo‘ygan edi. Yoshi katta bobo va buvilarning aytishicha, ilgarilari, hatto, qor, yomg‘ir va sel suvlaridan juda unumli foydalanishgan ekan. Ko‘cha va

    ...
  • Osiyo yo‘lbarsi

    Sport – insonni kamolot sari olib boruvchi yo‘llardan biri. Sportni sevganlar hech qachon kam bo‘lmaydi, aksincha,  o‘z nomlarini tarix sahifalariga o‘chmas qilib yozib ketish imkoniga ega bo‘lishadi. Ana shunday murakkab, ammo sharafli yo‘lni bosib o‘tgan, dunyoga nafaqat o‘zi, balki o‘zbek millati dovrug‘ini taratgan otaxon sportchilarimiz bor. Ulardan biri – o‘z davrida “Osiyo

    ...
  • Xalqona ohangda yangragan she’riyat

    XIX asr qoraqalpoq adabiy tili va she’riyatining rivojlanishida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining xiz­mati katta. Shoir 1824-yili Orol dengizining janubiy sohilida, Amu­daryoning dengizga qu­yilishi, hozirgi Mo‘ynoq tuma­ni hu­dudida ocha­mayli va qiyot urug‘­lari istiqomat qiladigan Qamish bo‘g‘ot ovulida tug‘ilgan. Otasi Qo‘siboy, bobosi Boltabek, katta bobosi

    ...
  • Bizga saboq ber oftob

    Elagingda elaysan, oftob,

    Beshigingga belaysan, oftob.

    Onamizdek mehribon bo‘lib,

    Boshimizni silaysan, oftob.

     

    Charchamaysan xayollar surib,

    Keng olamga yuzingni burib.

    Hayot birdan charaqlab ketar,

    Seni har gal baxtiyor ko‘rib.

     

    Yaxshilikni qilgancha odat

    Nur taratmoq senga

    ...
  • Qish zavqi

       ***

    Zamin uzra yozib suprasin,

    Un elaydi osmon maydalab.

    Parday yumshoq harir ko‘rpasin

    To‘zg‘itadi shamol buydalab.

     

    Oppoq choyshab tashlab egniga,

    Dov-daraxtlar tinib uxlaydi.

    Dosh berolmay sovuq jangiga,

    Suvlar sathi qalin yaxlaydi.

     

    Ayoz – rassom, kirishar

    ...
  • Mag‘rur baliq

    Atrofi daraxtlar, maysazor bo‘lgan kichik bir ko‘lda o‘ta takabbur, mag‘rur, boshqa ba­liqlarni mensimaydigan, birorta ham do‘sti yo‘q yakka-yolg‘iz qop-qora baliq yashardi. Undan, hatto, qurbaqalar ham qochardi.

    Shu desangiz, bir kuni qora baliq musaffo, marjon qoyali, suv o‘tlariga boy, rang-barang baliqlari bor, suv tubida quyosh mavjlanib turadigan ochiq dengizda rohat-u

    ...
  • Ezgulik bardavom bo‘lsin

    Bugungi kunda dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud bo‘lib, ularning 100 milliondan ko‘pini bolalar tashkil etadi.

    Har yili 3-dekabr sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad – imkoniyati cheklanganlarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatishdan

    ...
  • Bir-birimizga kerakmiz

    Toshkent shahar “Jangovor harakatlar va qurolli mojarolar nogiron faxriylari” jamoat birlashmasi tomonidan3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Bir-birimizga kerakmiz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda bir qator harbiy tashkilotlarning nogiron faxriylari  qat­na­shdilar. Shuningdek, O‘zbekiston nogi­ronlar jamiyati Toshkent shahar bo‘limi,

    ...
  • Maqsad sari harakat – muvaffaqqiyatning boshlanishi  

    Bu oila farzandlarining ko‘pchilik havas qilsa arzigulik yutuqlari bor. Chunki ular vaqtni behuda o‘tkazmay maqsad sari intilishni, o‘z ustida ishlashni kundalik hayot tarziga aylantirishgan.

    Prezident maktabi tashkil etilgan kezlari Faxrinur va Abdulloh Jo‘rayevlar o‘zlarini sinab ko‘rishga qaror qilishdi. Ota-onalari Abdulhay aka va Nargiza opa ularga bilim olish uchun

    ...
  • Beruniy – multfilm qahramoni

    Multfilmlarni yaxshi ko‘radigan aziz bolalar! Tarixiy, milliy ruhdagi multiplikatsion filmlar yo‘nalishida muhim yangilik! Buyuk ajdodimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haqida animatsion (animatsiya — alohida tasvirlarning yuqori tezlikda ketma-ket ko‘rsatilishi) multfilm ishlanmoqda.  Multfilmning ssenariy muallifi “Gulxan”ning faol ijodkori, qiziqarli fantastik ertak, hikoya va

    ...
  • Deraza

    Darsxonamda kun chiqarga

    Qarab turgan deraza bor.

    Kun chiqarga qarab turgan

    Derazamda ko‘p hikmat bor.

     

    Erta tongning mehrini u

    Ko‘zlarimga tutib turar.

    Quyoshjonning iliq nurin

    Yotog‘imga olib kirar.

     

    Shuning uchun derazamni

    Toza qilib artib turay.

    Bor mehrini ayamaydi,

    Men ham

    ...
  • Sarimsoqpiyoz

    Men piyozman – Sarimsoq,

    Pomidorga men jo‘ra.

    Ikkimizni qo‘shib bir

    Shakarob qilsang, zo‘r-a!

     

    Maydalab sol sharbatga,

    Biram xushxo‘r bo‘ladi.

    Palovning zirvagiga

    Bosib qo‘ysang bo‘ladi.

     

    Ta’mi juda ham achchiq,

    Akam bor – garmdori.

    Oz-ozdan tatib turgin,

    Biz-ku dardingga

    ...
  • Vatan

    Men dunyoga boqsam jilmayib,

    Go‘zal husning bo‘lar namoyon.

    Ta’rifingni maqtab, olqishlab,

    Seni jondan sevganim ayon.

     

    Durdek tomgan kiprikdagi yosh,

    Chehramdagi tabassum – Vatan.

    Ko‘zlarimda porlagan quyosh,

    Senga qilgum ming ta’zim, Vatan.

     

    Otash qalbni yondirgan olov,

    Bilgin, sira o‘chmaydi,

    ...
  • Yong‘oq

    Yetilib yerga tushdim,

    Havoda gir aylanib.

    Mag‘zimni yemoq uchun

    Turibsizmi shaylanib?

     

    Meni yegan bolalar

    Bo‘ladi aqli raso.

    Vitaminga boydirman,

    Sizgadir jonim fido.

     

    Ko‘proq o‘qib, o‘rganing,

    Behuda yurmang hargiz.

    Totli meva yeyish-chun

    Tabiatni

    ...
  • Baxtim

    Xizmat qilsam elimga,

    Quvvat to‘lar dilimga.

    Chanqoqdirman bilimga,

    O‘qib, unib o‘sarman,

    Vatan, mening baxtimsan!

     

    Yurtim menga cho‘zar qo‘l,

    Deydi: “Bolam, sodiq bo‘l!”

    El qudrati – zo‘r qudrat,

    Vatan sha’ni sarbaland,

    Vatan, mening baxtimsan!

     

    Shu yurtning bolasiman,

    Bordir

    ...
  • Chumoli

    Hasharotlar ichida

    O‘zingsan-ku mehnatkash.

    Hech ham tinim bilmaysan,

    Yagonasan, zahmatkash.

     

    Ko‘zing ojiz bo‘lsa ham,

    Qilaverasan ishni.

    Ba’zilar bor, umuman,

    O‘ylamay yurar qishni.

     

    Sendek hasharotlarga

    Ziyon bermay yuraylik.

    Shu borliqni avaylab,

    Yangi dunyo

    ...
  • Qish

    Bahorni deyishar,

    “Zumrad, maftunkor”.

    Zavq bilan aytishar,

    “Kel, kelgin bahor”.

    Ammo men bu she’rim

    Qishga atayman.

    Shu kumush faslga

    So‘zlar saylayman.

    Chindan, bahor go‘zal,

    Yoz – ne’mat fasli.

    Qish esa men uchun

    Poklikning asli.

     

    Aziza YUSUPOVA,

    Toshkent

    ...
  • Qish tabrigi

    Qish... Eh, kimlarga taqdir

    Nasib etmadi buni.

    Yetganlarga muborak

    Kumush qishning ilk kuni!

     

    Qorday oppoq niyatlar

    Yo‘llagayman siz tomon.

    Yuz emas mingta qishni

    Ko‘ring deyman sog‘-omon!

     

    Sovumasin taningiz,

    Qaynoq bo‘lsin yuraklar!

    Sochilsin boshingizdan

    Qorparchadek

    ...
  • Saboq

    Anvar 7-sinfda o‘qisa ham juda yaxshi insho yoza oladi. U boshqa fanlarda ham o‘zini ko‘rsata olgan. Ustozlari  doim uni maqtashadi. Do‘stlaridan yordamini ayamaydigan saxovatli bola. Uning ezgu fazilatlari insholarida ham jonlanganday, go‘yo. So‘zlarni, jumlalarni juda o‘rnida ishlatadi. Hayotiy voqealar bilan yozilgan ijodiy inshosini esa odam hech qo‘lidan qo‘ygisi kelmaydi. Bugun

    ...
  • Umid

    Nozima 4-sinfda o‘qiydi. Uning baholari a’lo, o‘zi ziyrak, aqlli, mehribon odobli qiz.  Negadir boshqa sinfdoshlaridan doimo ajralib yuradi va  biroz ma’yusroq ko‘rinadi. Balki oddiyroq ust-boshi uchundir.

    Bir kuni maktabda kelasi haftada 4-sinf otalari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilishi  haqida e’lon berishdi. Butun sinf bolalarining ko‘zlari chaqnab ketdi.

    ...
  • Guruchning kurmagi

    O‘tgan sonimiz uchun “Bulling” haqidagi maqolani tayyorlar ekanman maktab o‘quvchilarini kuzatdim, suhbat qurdim. Kuzatish chog‘ida,  maktabda hali yechimini kutayotgan, ko‘tarishimiz kerak bo‘lgan mavzular talaygina ekanligini angladim. Maktabdagi tartib-qoidalar uyoqda tursin, biz uchun qadriyatga aylangan “Kattaga hurmat, kichikka izzat”, hamjihatlik, do‘stlik, hattoki salom berish

    ...
  • Shahzoda va gado

    Klassik bolalar adabiyoti har qanday yoshdagi odamni o‘ziga jalb qiladi, har safar qayta o‘qiganimizda yangi olamni kashf qilamiz. Shunday asarlar yaratgan insonlardan biri Mark Tven – satirik, yumorist, yarim asrdan ortiqroq vaqt davomida Amerikaning chuqur va batafsil hayotini aks ettirgan hikoya va romanlar muallifi. Uning asl ismi Semyuel Klemens bo‘lib, yurist oilasida tug‘ilgan. Bolalik

    ...
  • Parvozni istagan baliq

    Bir uyda baliq bilan to‘ti boqilar ekan. Xonadon bekasi jonivorlarni juda yaxshi ko‘rar, bolalari esa to‘tiga gapirishni o‘rgatib, akvarium yonida kun bo‘yi baliqni tomosha qilishdan zerikishmas ekan. Kunlarning birida baliq qafasdagi to‘tiga debdi:

    –To‘ti, hoy to‘ti!

    –Nima deysan, do‘stim?

    –Qara, senda ham, menda ham qanot bor. Faqat sen uchasan, men suzaman. Bitta

    ...
  • Kompyuterdan kasb qiling

    Kelajakda qaysi kasbni egallash haqida ko‘p o‘ylaysiz, to‘g‘rimi? Do‘stlaringiz bilan bu mavzuda tez-tez suhbatlashib tursangiz kerak?

    Keling, sanaylikchi, qanday kasblarni bilasiz: o‘qituvchi, duradgor, yurist, jurnalist, konchi, haydovchi, tadbirkor, payvandlovchi...

    Kasblar ko‘p... Jamiyatimizda ba’zi yo‘qolib, noyoblashib ketayotgan kasblarning o‘rnini yangilari,

    ...
  • Agar biz do‘st bo‘lsak…

    Shoshib-pishib ish tomon yugurib ketayotgandim. Bir noxush manzarani ko‘rib, to‘xtab qoldim. Axlatxona yonida yotgan itning og‘zidan qon tirqirab oqar, og‘riqdan bo‘lsa kerak, behuzur g‘ingshibgina qo‘yardi. Yaqinroq borib qaradim, kimdir ovqat qoldiqlari bilan singan shisha bo‘laklarini qo‘shib, sellofan paketda chiqindixonaga tashlab ketibdi. Chamasi, ko‘chada qolgan bechora it ovqat

    ...
  • Xalqaro mukofot kimlarga beriladi?

    Alisher Navoiy hayoti davomida ilm ahlini qo‘llab-quvvatladi. Ijodiy faoliyatida  do‘stlik, hamjihatlik, yuksak insoniy g‘oyalarni ilgari surdi. Bugun yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan ezgu ishlar zamirida ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom, ularning yo‘lini davom ettirishdek ulug‘ maqsad mujassam. Shu o‘rinda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot kimlarga va qanday ishlari uchun

    ...
  • Soddalashtirish san’ati

    “Agar biror narsani sodda qilib tushuntira olmasangiz, demak uni yaxshi tushunmagansiz”, – degan nazariyani hech eshitganmisiz? Bu fikr mashhur olim Richard Feynman tomonidan aytilgan. Feynman – mashhur amerikalik nazariyotchi fizik bo‘lib, u odamlarga murakkab mavzularni sodda tilda tushuntirish orqali o‘rganish taklifi bilan chiqadi.

    Qanday qilib? Keling, “Feynman usuli” qanday

    ...
  • 9-sinf o‘quvchisi Afro‘za – ikki karra jahon chempioni

    Samarqand shahridagi 42-maktab o‘quvchisi Afro‘za Hamdamova Braziliyada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida muddatidan oldin chempion bo‘ldi.

    U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 ta durang) va endi oxirgi turda qanaqa natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, raqiblari unga yeta

    ...
  • Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari Sun’iy intellektga bepul o‘qitilib, yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi

    Yaqinda Prezidentimiz tashabbuslari bilan xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pul mukofotlari berildi. Endi ularga yana qo‘shimcha imkoniyat ochadigan Future AI talents dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda.

    Unga ko‘ra, xalqaro, mintaqaviy yoki milliy darajadagi aniq fanlar bo‘yicha olimpiadalarda, masalan, Xalqaro matematika olimpiadasi

    ...
  • Yangiyo‘llik o‘quvchi IELTS imtihonidan 8 ball, SAT testlaridan 1550 balni qo‘lga kiritdi

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 58-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Komronbek Iskandarov xalqaro SAT imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1550 ballik natija ko‘rsatdi.

    Imtihonda Komronbek o‘qish va yozish bo‘limidan (Reading and  Writing) 800 baldan 750, matematikadan esa 800 baldan 800 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.

    Bu SAT doirasidagi eng yaxshi natijalardan

    ...
  • Shavkat Ayupov

    Shavkat Abdullayevich Ayupov – matematik olim, O‘z­bekis­ton Res­­publikasi Fanlar aka­de­mi­ya­si akademigi, fizika-matematika fanlari dok­­tori, professor.

    Shavkat Abdullayevich – 1952-yil 14-sentabrda Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. 1974-yilda Tosh­kent davlat universitetining ma­tematika fakultetini

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.