Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ezgulik bardavom bo‘lsin

Bugungi kunda dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud bo‘lib, ularning 100 milliondan ko‘pini bolalar tashkil etadi.

Har yili 3-dekabr sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad – imkoniyati cheklanganlarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatishdan iborat.

Ayni kunlarda yurtimizdagi ta’lim maskanlarida shu maqsadda turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizdagi 255-maktabda “Inson qadri aziz” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Gulxan” jurnali ijodiy xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan bayram ustozlar va o‘quvchilarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Jurnal muharrirlari yaxshilikning qadri, ahamiyati haqida gapirar ekan, aslida o‘qish, o‘rganish ham ezgulikning bir belgisi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. O‘g‘il-qizlarning chiroyli raqslari kechaga o‘zgacha fayz berdi. Iqtidorli o‘quvchilarning chizgan rasmlari hamda ijodiy ishlari jurnalda chop etiladigan bo‘ldi.

Shu kuni o‘quvchilar 52-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, tengdoshlarini, uka-singillarini bir-biridan ajoyib sovg‘alar bilan yo‘qladilar.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.