Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bir-birimizga kerakmiz

Toshkent shahar “Jangovor harakatlar va qurolli mojarolar nogiron faxriylari” jamoat birlashmasi tomonidan3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Bir-birimizga kerakmiz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda bir qator harbiy tashkilotlarning nogiron faxriylari  qat­na­shdilar. Shuningdek, O‘zbekiston nogi­ronlar jamiyati Toshkent shahar bo‘limi, “VATAN” xayriya jamoat fondi faxriylari ham mehmon bo‘lishdi. 232-maktabning “Olimp-Lider” maxsus harbiy sport klubi o‘quvchilari tadbir mehmonlariga harbiy vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq va raqslarini namoyish etishdi.  “Gulxan” muxbiri esa o‘quvchi bolalarga jurnallarni sovg‘a sifatida taqdim etdi. Davradagi kuy va qo‘shiqlar barcha faxriylarga xushkayfiyat bag‘ishladi.

 

O‘z muxbirimiz

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.