Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yangi ixtirolar sari

Keyingi yillarda suv tanqisligi, elektr energiyasi, atrof-muhit tozaligi, ya­shilligi, ularni asrash haqida juda ko‘p ta’kidlanmoqda. Darhaqiqat, bunga qadar ko‘pchilik, ay­niqsa, shahar aholisi suvni tejab ishlatishni unutib qo‘ygan edi. Yoshi katta bobo va buvilarning aytishicha, ilgarilari, hatto, qor, yomg‘ir va sel suvlaridan juda unumli foydalanishgan ekan. Ko‘cha va hovlilarning qiyaligiga qarab qor, yomg‘ir suvini ariqlarga, ular orqali jarliklarga yo‘naltirishgan. Oiladagi erkaklar ketmon bilan bu ishlarni bajarishgan, bolalar ham otalariga yordam berishgan. Tar­novlar tagiga tog‘oralar qo‘yib, xo‘jalik ehtiyojlariga, qorlarni eritib choy va ovqatga ham ishlatishgan. Hamonki mamlakatda suv tanqisligi sezilayotgan ekan, nima uchun xalqimiz bu ha­qida tuzukroq o‘ylamaydi, maktab o‘quvchilari kattalarga yordam bermaydi. Suv quvurdan to‘xtamay kelar ekan, deb behuda oqizib qo‘yib ishlatadiganlar qancha?! Yoki, qor-yomg‘irning suvlari yerto‘laga oqib ketyapti, deymiz-u lekin suvni foydali yo‘naltirish haqida o‘ylab ko‘rmaymiz. Yaqinda gazeta sahifasida yomg‘ir suvidan foydalanishning xi­toycha an’anasi haqida maqola o‘qib qoldim. Ha, Xitoy xalqi juda ko‘p sohalarda ancha ilgarilab ketgan. Lekin qadimda bizning ajdodlarimiz ham ulardan qolishmagan. Aksincha, yangi kashfiyotlar, ixtirolar Buyuk ipak yo‘li orqali bizdan ularga yetib borgan. Shu o‘rinda gazetadagi maqoladan parcha keltiraman:Keyingi yillarda suv tanqisligi, elektr energiyasi, atrof-muhit tozaligi, ya­shilligi, ularni asrash haqida juda ko‘p ta’kidlanmoqda. Darhaqiqat, bunga qadar ko‘pchilik, ay­niqsa, shahar aholisi suvni tejab ishlatishni unutib qo‘ygan edi. Yoshi katta bobo va buvilarning aytishicha, ilgarilari, hatto, qor, yomg‘ir va sel suvlaridan juda unumli foydalanishgan ekan. Ko‘cha va hovlilarning qiyaligiga qarab qor, yomg‘ir suvini ariqlarga, ular orqali jarliklarga yo‘naltirishgan. Oiladagi erkaklar ketmon bilan bu ishlarni bajarishgan, bolalar ham otalariga yordam berishgan. Tar­novlar tagiga tog‘oralar qo‘yib, xo‘jalik ehtiyojlariga, qorlarni eritib choy va ovqatga ham ishlatishgan. Hamonki mamlakatda suv tanqisligi sezilayotgan ekan, nima uchun xalqimiz bu ha­qida tuzukroq o‘ylamaydi, maktab o‘quvchilari kattalarga yordam bermaydi. Suv quvurdan to‘xtamay kelar ekan, deb behuda oqizib qo‘yib ishlatadiganlar qancha?! Yoki, qor-yomg‘irning suvlari yerto‘laga oqib ketyapti, deymiz-u lekin suvni foydali yo‘naltirish haqida o‘ylab ko‘rmaymiz. Yaqinda gazeta sahifasida yomg‘ir suvidan foydalanishning xi­toycha an’anasi haqida maqola o‘qib qoldim. Ha, Xitoy xalqi juda ko‘p sohalarda ancha ilgarilab ketgan. Lekin qadimda bizning ajdodlarimiz ham ulardan qolishmagan. Aksincha, yangi kashfiyotlar, ixtirolar Buyuk ipak yo‘li orqali bizdan ularga yetib borgan. Shu o‘rinda gazetadagi maqoladan parcha keltiraman:Xitoyda yomg‘ir suvidan foy­da­la­nishning uzoq tarixiy an’anasi mavjud bo‘lib, bu qadimiy davrlardan bugungacha davom etmoqda. Qadimiy xitoylik fay­lasuf Laotszi  “Yaxshilik suvga o‘x­shaydi. Chunki u barcha narsaga kerak, lekin hech nima talab qilmaydi”, degan. Mazkur hikmatdan ko‘rinib turibdiki, xitoyliklar ming yillar davomida yomg‘ir suvini yig‘ish loyihalari bilan shug‘ullangan.Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar, ay­niqsa, toshqinlar hamda qur­g‘oq­chi­­likka qarshi kurashish maqsadida Xitoyda yomg‘ir suvini yig‘ish loyihalari yaratilgan.Yomg‘ir suvini yig‘ishning  zamonaviy tizimidan foydalanish Shimoli-g‘arbiy Xitoydagi Gansu provinsiyasida keng tar­qalgan. Bu hudud yil davomida kam yomg‘ir yog‘adigan quruq joylardan. Hududda yomg‘ir suvi ichimlik va boshqa ehtiyojlar uchun muhim manba sifatida foydalaniladi. Suv tanqisligi tufayli yomg‘ir suvini yig‘ish majburiy choraga aylangan.Mana bir necha yildirki, O‘zbekistonda ham suv resurslarini tejash, suvdan oqilona foydalanish yo‘llari haqida mutaxassislar izlanishmoqda. Kichik suv omborlarini qor, yomg‘ir suvlari bilan to‘ldirib yozning ja­zirama kunlarida  ekin maydonlarini ana shunday suvlar bilan  sug‘orish tadbirlari ko‘rilmoqda.Qadrli o‘quvchilar, siz yashayotgan sha­har, qishloq, mahallada qor, yomg‘ir suv­laridan qanday foydalanilmoqda? Shu­lar haqida “Gulxan”ga yozib yuboring va tengdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Qo­laversa, sizlarning safingizda “Barkamol avlod” markazlaridagi to‘garaklarga qatnab, o‘z ixtirolari bilan mamlakat rivojiga hissa qo‘shayotgan va ana shunday kashfiyotlarni amalga oshirish  istagida harakat qilayotgan o‘g‘il-qizlar talaygina. Biz ishonamiz, yaqin kunlarda siz suv tejamkorligi bo‘yicha yangi-yangi ixtirolar qilasiz va uni xalqimiz farovonligi yo‘lida ishlatishga taqdim etasiz. Ixtirolar haqida bizga yozib yuborishni unutmang. 


Zahro HASANOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.