- Rukn: Sheʼrlar
- 218 marta ko‘rilgan
Qish tabrigi
Qish... Eh, kimlarga taqdir
Nasib etmadi buni.
Yetganlarga muborak
Kumush qishning ilk kuni!
Qorday oppoq niyatlar
Yo‘llagayman siz tomon.
Yuz emas mingta qishni
Ko‘ring deyman sog‘-omon!
Sovumasin taningiz,
Qaynoq bo‘lsin yuraklar!
Sochilsin boshingizdan
Qorparchadek tilaklar!
Shahnoza OCHILDIYEVA,
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
1-bosqich talabasi