- Rukn: Sheʼrlar
- 40 marta ko‘rilgan
Mard o‘g‘lonlar tug‘ilgan kun bu!
Yil boshida qutlug‘ bir kun bor,
Ziyolarga to‘lug‘ bir kun bor,
Fazilati ulug‘ bir kun bor,
Mard o‘g‘lonlar tug‘ilgan kun bu!
Ajdodlari naslidan rozi,
Burgutday tik, baland parvozi.
Qo‘lida erk, saodat sozi,
Mard o‘g‘lonlar tug‘ilgan kun bu!
Pahlavonlar tug‘ilgan kun bu,
Zo‘r polvonlar tug‘ilgan kun bu.
Qahramonlar tug‘ilgan kun bu,
Mard posbonlar tug‘ilgan kun bu!
O‘zbekiston tug‘ini tutgan,
Unga jonin baxshida etgan,
Olam uzra dovrug‘i ketgan,
Mard o‘g‘lonlar tug‘ilgan kun bu!
Kecha-kunduz samoda ko‘zi,
Dilda elga bergan chin so‘zi,
Osmonimiz yorug‘ yulduzi,
Mard o‘g‘lonlar tug‘ilgan kun bu!
Iskandar RAHMON