- Rukn: Sheʼrlar
- 30 marta ko‘rilgan
Mohizodaning she’ri
Erta tongda turaman,
Yuz qo‘limni yuvaman.
Nonushta qilib olgach,
Sumkamni ilib olgach,
Otlanaman bog‘chaga,
Mening bog‘cham boshqacha.
Bog‘chada do‘stlarim ko‘p,
O‘yinlar o‘ynaymiz xo‘p.
Badan tarbiya oni,
Bog‘chamizning maydoni
Biz bilan to‘lib-toshar,
Mashq qilib zavqim oshar.
Ustozlar mehri ummon,
G‘amxo‘rlik qilar chunon.
Taomlar shirin-shirin,
Mazasi zo‘r har birin.
Uxlayman uyqu chog‘i,
Yonimda qo‘g‘irchog‘im.
O‘rganaman o‘qishni,
Va chiroyli yozishni.
Rangli qalam, oq qog‘oz,
Chizaman turna va g‘oz.
So‘ng bo‘yayman ularni,
Mevalarni, gullarni.
Sanab to‘qson, yuzgacha,
Bilim olish o‘zgacha.
Nihoyat tugab fursat,
Ustozlar bergach ruxsat,
Meni olib ketgani,
Gapga solib ketgani,
Dadam, ayam mo‘ralab,
Kelishar meni so‘rab.
Xayr, deyman ustozga,
Eng munosib e’zozga.
Uy tomon olaman yo‘l,
Do‘stlarga silkitib qo‘l.
Shunday o‘tadi vaqtim,
Bog‘chamiz – mening baxtim.
Nizomiddin MADRAHIMOV,
O‘zJOKU talabasi