- Rukn: Sheʼrlar
- 30 marta ko‘rilgan
Devorning qulog‘i
Vali eshitgan chog‘i
Bu gapga bo‘ldi hayron.
“Devorning ham qulog‘i”
Bo‘larmi, deb, hech zamon.
– Yur, – dedi do‘stim G‘ani,
Bu gap chiqmagan bekor.
Borib ko‘raylik, qani,
Nahotki, qulog‘i bor.
Paxsa devorga tomon
O‘tishdi bog‘ yonidan
Deb: “Ikkimiz topgan on,
Tortamiz qulog‘idan”.
Bo‘ylashdi u yon-bu yon,
Ko‘rinmas hatto, tirqish.
Tep-tekis ikki tomon,
Qiziq bo‘ldi-ku bu ish!
Sinchiklab har yog‘ini,
Fahmlari yetganmish:
Devorning qulog‘ini
Kimdir kesib ketganmish.
Saodat MUSAYEVA