Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sovuq ham sovuq qotar

Eshikni ochgan zamon,

Ortimdan kirar sovuq.

Bilar – qishda qahraton,

Uydan issiq maskan yo‘q.

 

–   Ignadayin teshikdan

Tuyadek  sovuq kirar.

Eshikni ochma, – deb, – lang,

Buvim eslatib turar.

 

Deyman buvimga har kun:

–   Sovuq ham sovuq qotar.

Kirib isinmoq uchun,

Kelishim poylab yotar.

 

Saodat MUSAYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.