Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Boshqotirma

Dadam –  “katta amaldor”,

Erta-yu kech ishlaydi.

Lekin bir odati bor,

Qo‘ldan gazet tushmaydi.

 

Mushkul savollar serob,

Javob yozar birma-bir.

Ba’zan titkilar kitob,

Yechim topolmay oxir.

 

Bajaray, deb bexato,

Orom nima, bilmaydi.

Mavzusi bo‘lmas ado,

Aqlni xo‘p charxlaydi.

 

Masala bo‘lsa chigal,

Tark etadi uyquni.

Muammosi bo‘lsa hal,

Xursand yurar shu kuni.

 

–   Tafakkur qil, – der menga,

O‘rgangin, bo‘sh o‘tirma,

Keltirdim mana, senga,

Yap-yangi “Boshqotirma”.

 

Saodat MUSAYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.