- Rukn: Sheʼrlar
- 38 marta ko‘rilgan
Tinchlik bo‘lsin dunyoda
O‘g‘il-qizlar qoraqosh,
Rasm chizishni sevar.
Besh yoshmi, to‘rt, olti yosh,
Hammasi birdek chevar.
Oyni chizar, yulduzni,
O‘rmonda turli hayvon.
Suvda baliq, qunduzni,
Qaldirg‘ochli keng ayvon.
Chizarlar qirda bahor,
Rang-barang gullarni ham.
Qushlar sayrashin sahar,
Oilasi jamuljam.
Baxtning shaklin chizishar,
Orzular mo‘l, ziyoda.
Va aytishar barchasi:
“Tinchlik bo‘lsin dunyoda!”
Saodat MUSAYEVA