- Rukn: Sheʼrlar
- 28 marta ko‘rilgan
Qish
Bahorni deyishar,
“Zumrad, maftunkor”.
Zavq bilan aytishar,
“Kel, kelgin bahor”.
Ammo men bu she’rim
Qishga atayman.
Shu kumush faslga
So‘zlar saylayman.
Chindan, bahor go‘zal,
Yoz – ne’mat fasli.
Qish esa men uchun
Poklikning asli.
Aziza YUSUPOVA,
Toshkent shahar Uchtepa tumani 296-maktab 9-sinf