Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Chumoli

Hasharotlar ichida

O‘zingsan-ku mehnatkash.

Hech ham tinim bilmaysan,

Yagonasan, zahmatkash.

 

Ko‘zing ojiz bo‘lsa ham,

Qilaverasan ishni.

Ba’zilar bor, umuman,

O‘ylamay yurar qishni.

 

Sendek hasharotlarga

Ziyon bermay yuraylik.

Shu borliqni avaylab,

Yangi dunyo quraylik.

 

Oynisa EGAMBERDIYEVA,

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi

ijod maktabi, 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.