- Rukn: Sheʼrlar
- 157 marta ko‘rilgan
Baxtim
Xizmat qilsam elimga,
Quvvat to‘lar dilimga.
Chanqoqdirman bilimga,
O‘qib, unib o‘sarman,
Vatan, mening baxtimsan!
Yurtim menga cho‘zar qo‘l,
Deydi: “Bolam, sodiq bo‘l!”
El qudrati – zo‘r qudrat,
Vatan sha’ni sarbaland,
Vatan, mening baxtimsan!
Shu yurtning bolasiman,
Bordir unga keragim.
Vatanimni yashnatish –
Mening orzu-tilagim.
Vatan, mening baxtimsan!
Dildora IMOMQULOVA,
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 47-maktab 7-sinf