Xalqaro mukofot kimlarga beriladi?
Alisher Navoiy hayoti davomida ilm ahlini qo‘llab-quvvatladi. Ijodiy faoliyatida do‘stlik, hamjihatlik, yuksak insoniy g‘oyalarni ilgari surdi. Bugun yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan ezgu ishlar zamirida ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom, ularning yo‘lini davom ettirishdek ulug‘ maqsad mujassam. Shu o‘rinda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot kimlarga va qanday ishlari uchun beriladi, degan savolga javob bersak. Mukofot bilan avvalo, tinchlikni saqlash, xavfsizlikni mustahkamlash, turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va turli sohalarda keng qirrali hamkorlikni rivojlantirish ishlariga hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi. Bu mukofot Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021-yil 12-noyabrda Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining VIII sammitida ta’sis etilgan edi.
Ushbu mukofot ilk bor 2022-yilda qirg‘iz davlat arbobi, buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovga berilgan edi.
Turkiy dunyoning yana bir yirik namoyondasi, kimyogar olim, nobel mukofoti laureati, Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga munosib ko‘rildi.
Shuningdek, mukofot turkiy xalqlarning buyuk madaniyatini targ‘ib qilish, adabiyot, tasviriy san’at, musiqa, raqs, teatr, kino, muzey va kutubxonalar, xalq amaliy san’ati, me’morchilik, hunarmandchilik sohalarida asarlar yaratish, yangi loyihalarni amalga oshirish ishlariga beriladi.
Gulxanjon