Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari Sun’iy intellektga bepul o‘qitilib, yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi

Yaqinda Prezidentimiz tashabbuslari bilan xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pul mukofotlari berildi. Endi ularga yana qo‘shimcha imkoniyat ochadigan Future AI talents dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Unga ko‘ra, xalqaro, mintaqaviy yoki milliy darajadagi aniq fanlar bo‘yicha olimpiadalarda, masalan, Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) yoki shunga o‘xshash tanlovlar sovrindorlari Sun’iy intellektga bog‘liq kurslarda bepul o‘qib, kelajakda shu sohada kuchli iqtidor egasi sifatida yuqori daromadli ishga ega bo‘lishi mumkin.

Kurslar MAAB Academy tomonidan bepul tashkil etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolani jurnalning  rasmiy telegram kanalidan  (t.me/gulxan_uzb) topishingiz mumkin.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.