Yangiyo‘llik o‘quvchi IELTS imtihonidan 8 ball, SAT testlaridan 1550 balni qo‘lga kiritdi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 58-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Komronbek Iskandarov xalqaro SAT imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1550 ballik natija ko‘rsatdi.
Imtihonda Komronbek o‘qish va yozish bo‘limidan (Reading and Writing) 800 baldan 750, matematikadan esa 800 baldan 800 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.
Bu SAT doirasidagi eng yaxshi natijalardan biri hisoblanadi.
U shuningdek, xalqaro IELTS imtihonlarida ham qatnashib, 8 ball sohibi bo‘lgan.
Komronbekni erishgan natijasi bilan samimiy tabriklab, uning kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!