Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shavkat Ayupov

Shavkat Abdullayevich Ayupov – matematik olim, O‘z­bekis­ton Res­­publikasi Fanlar aka­de­mi­ya­si akademigi, fizika-matematika fanlari dok­­tori, professor.

Shavkat Abdullayevich – 1952-yil 14-sentabrda Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. 1974-yilda Tosh­kent davlat universitetining ma­tematika fakultetini tu­gat­­gan Ayupov faoliyatini ayni shu universitetda o‘qituvchilikdan boshlaydi. 1979-yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida katta ilmiy xodim (1979-1988), algebra va analiz bo‘limi mudiri (1986-yildan), direktor o‘rinbosari (1986-1992), direktor (1992-1997) lavozimlarida faoliyat olib boradi. 1997-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi lavozimini egallaydi.

Olimning asosiy ilmiy ishlari funk­sional analiz va uning za­monaviy tarmoqlaridan biri hi­soblangan ope­ra­tor­lar algebralari nazariyasiga oid. Ilmiy faoliyati davomida Sh.Ayupovning mual­lifligi va hammuallifligi ostida “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Funk­sional analiz”, “Funksiyalar na­zariyasi”, “Matematik analiz. Funk­sional analizga kirish” kabi ko‘plab o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari chop etilgan.

Matematika-fizika fanlarida olib borgan ilmiy izlanishlari, o‘zbek ilm-faniga qo‘shgan hissasi, mamlakat ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki va Vatan ravnaqi uchun ulkan xizmatlari natijasi o‘laroq Shavkat Ayupov turli yillarda “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni, “O‘zbekiston Res­publikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni,  “Fan va texnika sohasidagi 1-darajali Davlat mukofoti” hamda “O‘zbekiston Qahramoni” unvonlari bilan taqdirlangan.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.