Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

9-sinf o‘quvchisi Afro‘za – ikki karra jahon chempioni

Samarqand shahridagi 42-maktab o‘quvchisi Afro‘za Hamdamova Braziliyada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida muddatidan oldin chempion bo‘ldi.

U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 ta durang) va endi oxirgi turda qanaqa natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, raqiblari unga yeta olmaydi.

Afro‘za o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.