Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sarimsoqpiyoz

Men piyozman – Sarimsoq,

Pomidorga men jo‘ra.

Ikkimizni qo‘shib bir

Shakarob qilsang, zo‘r-a!

 

Maydalab sol sharbatga,

Biram xushxo‘r bo‘ladi.

Palovning zirvagiga

Bosib qo‘ysang bo‘ladi.

 

Ta’mi juda ham achchiq,

Akam bor – garmdori.

Oz-ozdan tatib turgin,

Biz-ku dardingga dori.

 

Umida HAYDARALIYEVA,

Erkin Vohidov nomidagi

ijod maktabi, 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.