Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Deraza

Darsxonamda kun chiqarga

Qarab turgan deraza bor.

Kun chiqarga qarab turgan

Derazamda ko‘p hikmat bor.

 

Erta tongning mehrini u

Ko‘zlarimga tutib turar.

Quyoshjonning iliq nurin

Yotog‘imga olib kirar.

 

Shuning uchun derazamni

Toza qilib artib turay.

Bor mehrini ayamaydi,

Men ham mehrim berib qo‘yay.

 

Niginabonu AMIROVA,

Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at

maktab-internati, 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.