Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qomus kitobim

Zarvaraq kitoblar xilma-xil, lekin

Sen boshqa – ma’nosi, mag‘zi to‘kissan.

Sharhlaysan el, elat bo‘lish neligin,

Buyuk minbarlarda buyuk Qomussan.

 

Ko‘ngilga parvarish, jonga parvarish,

Millatman deganga yuz-u xotirsan.

Baxtiyor tug‘ilish, farovon yashash,

Qullik to‘nin yechib otgan botirsan.

 

Vatan ilm-u ziyo birla ulug‘dir,

Dunyoning izzati xosdir ilmga.

Ozodlik ona til birla to‘lig‘dir,

Bitiklarda mavqe berding tilimga.

 

Obro‘sin asrash-chun O‘zbekistonning,

O‘zbekning o‘zbekday yashashi uchun.

Tug‘ildim. Yashayman, degan insonning

Safda erkin qadam tashlashi uchun.

 

Borliging qanday xush, bag‘ri oftobim,

Har satring qo‘rg‘onli haq-haddim mening.

Kel, ko‘ksimga bosay, Qomus kitobim,

Sen borsanki, doim tik qaddim mening.

 

Kitob deganining xili ko‘p, lekin

Sen boshqa – ma’nosi, mag‘zi to‘kissan.

Sharhlaysan mustaqil VATAN neligin,

Buyuk minbarlarda buyuk QOMUSSAN.

 

Zamira FAYZIYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.