Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Harbiylar

Yov ko‘ziga tik boquvchi,

Alpomishdek pahlavon.

Doim bo‘lsinlar omon,

Mard va jasur harbiylar.

 

Tunlarda bedor turib,

Har nafas hushyor bo‘lib,

Chegarani qo‘riqlar

Mard va jasur harbiylar.

 

Ular borki yurtimiz tinch,

Osmonimiz musaffo.

Vatan deb joni fido,

Mard va jasur harbiylar.

 

Oysha NOROVA,

 Yunusobod tumanidagi

 “Buxoro” xususiy maktabi, 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.