Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bo‘ri bilan bo‘taloq

Bo‘ri bilan bo‘taloq,

Bo‘lishibdi do‘st-o‘rtoq.

Qish-qirovli kunlarda,

Ham izg‘irin tunlarda,

Birga jon saqlashibdi,

Do‘stlikni oqlashibdi.  

Ulg‘ayibdi ikki do‘st,

Tillar do‘stlikni so‘ylar.

Biroq sira bo‘riga,

Tinchlik bermadi o‘ylar.

Payt poylabdi o‘rmonda

Shum niyatin bildirmay,

Bo‘taloqni armonda,

Qolganligin sezdirmay.

Aniq fursat kelibdi,

Bo‘ri boy bermay bir on,

Do‘stini tilkalabdi

Nafsiga qul u nodon.

Xalqda shunday naql bor:

“Teng tengi bilan”.

Do‘stlar yetsin murodga

O‘z tengi bilan.

 

Abdurahmon BAXTIYOROV,

 Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ixtisoslashtirilgan

 litsey-internati, 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.