- Rukn: Sheʼrlar
- 24 marta ko‘rilgan
Mitti orzu
Osmonga boqib Dono,
O‘y suradi xo‘rsinib:
“Nega menda qanot yo‘q?
Uchgim kelar charx urib”.
Donoxonning oyisi
Tikib berdi bir qanot.
Buncha nafis, pushtirang,
Yal-yal yonar, bir qarang!
Donoxon taqdi uni,
Kapalakdek quvnadi.
Sakrab o‘ynar ko‘chada,
Goh maqtanar bog‘chada.
Donoxonning ko‘ngli chog‘,
Gullab yashnagan bir bog‘.
Uchar go‘yoki qushdek,
Kunlar o‘tmoqda tushdek.
Malika ZIYADULLAYEVA,
SHDPI 1-kurs