- Rukn: Sheʼrlar
- 29 marta ko‘rilgan
“Gulxan”
Nabiram bor Mohinur,
U boshlang‘ichda o‘qir.
Yoshi kichik bo‘lsa ham
Kitobni rosa o‘qir!
Bir kitobni ko‘rarkan,
Deb qoldi: muncha ulkan?
– Kitob emas, bu – jurnal,
Bilib ol, nomi “Gulxan”!
– Nega “Gulxan”dir oti?
Nomi ekan g‘alati!
Yo olovdek yonarmi,
Bormi issig‘i, tafti?
– Ertak, she’r ko‘pdir unda, –
Tushuntirdim men shunda.
– Chiqar oyda bir marta,
Kelar har o‘ttiz kunda!
Qiziqishing ortadi,
Tafti bilan tortadi!
O‘qigan odam bor-ku,
Ilm-u zehni ortadi.
Qurdosh ODINAYEV,
Angren