- Rukn: Sheʼrlar
- 22 marta ko‘rilgan
Yonib yasha, bolam...
Yonib yasha, bolam, o‘t bo‘lib yasha,
Elning sharafini sochgin olamga.
Bilim olamida olov bo‘lib yon,
Qalblar otashini ochgin olamga.
Yurtdoshing dardini yengillat biroz,
Nomardning yuzidan yech pardasini.
O‘zbekning bolasi uchsin burgutdek,
Yulduzda davolat dil yarasini.
Bilim zo‘r, dunyolar qarar rayingga,
Bilim zo‘r, yer yuzi tinglar ovozing.
Iste’dod, matonat bayrog‘in ko‘tar,
Yuksak rejalarga sozlagin sozing.
Ravshan KUSHMATOV,
Jizzax viloyati