- Rukn: Sheʼrlar
- 21 marta ko‘rilgan
Bebaho boyligimiz
Jajji o‘g‘il-qizlarim,
Bo‘lingizlar tejamkor.
Tejamkor insonlarga
Qut-baraka bo‘lar yor.
Tejang elektr tokni,
Suv va gazni tejangiz.
Tejamkor bo‘lsangiz gar,
Ish beradi rejangiz.
Ishlating o‘z o‘rnida,
Behudaga qilmang sarf.
Amal qilgan har inson,
Albatta, ko‘radi naf.
Bebaho boylik erur
Elektr tok, suv va gaz.
Boyliklarni avaylang,
Bolajonlar har nafas.
Ro‘zimurod BOLQIYEV