- Rukn: Sheʼrlar
- 22 marta ko‘rilgan
Elektr energiyasi va suv
Elektr energiya
Bo‘ladi suvdan paydo.
Bugun-chi, yurtimizda
Suvning o‘zi muammo..
Yop-yorug‘ tunlarimiz,
Elektr turar bezab.
Suv – hayot manbaimiz,
Sarflamoq kerak tejab.
O‘ylaylik, kichik do‘stim,
Biz uzoq kelajakni.
Isrof qilmasin hech kim,
Ishlataylik kerakni.
Yorug‘lik hamda suvsiz
Tiriklik bo‘larmi hech?!
Qadriga yeting hargiz
Bo‘lib qolmasidan kech!
DURPOSHSHO