Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘zbekiston bayrog‘i

Davlat ramzi bayroqda

Qarang, bordir to‘rt xil rang.

Lekin o‘ylab ko‘rsangiz,

Ma’nosi ko‘p, rang-barang.

 

Oq rang poklikning ramzi,

Orzularga ishora.

Bunday tinch, jannatmakon,

Yurt dunyoda yagona!

 

Moviy rang anglatadi

Musaffo, keng osmonni.

Yashil rang bog‘-u rog‘lar,

Obod O‘zbekistonni.

 

Qizil rang tomirlarda

Jo‘shib turgan qaynoq qon.

Shijoatli, g‘ayratli

Mening xalqim har qachon.

 

Osmonda oy bittadir,

Vatanim ham yagona.

Bayroqdagi oy ramzi

Aynan shunga ishora.

 

Bayroqda tasvirlangan

O‘n ikkita yulduzlar.

Yurtimizda joylashgan

Viloyatlardan so‘zlar.

 

O‘zbekiston bayrog‘in

Ma’nosi ko‘pdir juda.

Ona yurtim bayrog‘i,

Jahon uzra hilpira!

 

Shahzoda ALLAYOROVA,

Samarqand viloyati Narpay tumani 55-maktab 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.