- Rukn: Sheʼrlar
- 39 marta ko‘rilgan
Qish
To‘rtta fasl aylanib,
Qish kelibdi yasanib.
Zamin oppoq o‘ramda,
Go‘yo momiq gilamda.
Ko‘cha to‘la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari qip-qizil,
O‘ynashar rosa qizib.
Olam naqadar go‘zal,
Ertakdamiz shu mahal.
Zamin uzra yog‘ar qor,
Atrofga sochar chiroy.
Zarina ASADOVA,
Respublika 2-Abu Ali ibn Sino
nomidagi texnikum talabasi