- Rukn: Sheʼrlar
- 124 marta ko‘rilgan
Intilganim
Vatanlar ko‘p, ammo o‘zing yagonasan,
Olam aro eng chiroyli durdonasan.
Talpinganim, intilganim, himoyasan,
Jannatmakon ona diyor, O‘zbekiston!
Quchog‘ingda yayragayman bir gul bo‘lib,
Osmono‘par tog‘laringday mag‘rur bo‘lib.
Jaloliddin, Amir Temur qizi bo‘lib,
Sening bilan yashnagayman, O‘zbekiston!
Bog‘laringda to‘rt faslning tarovati,
Bir ko‘rganning bo‘lmay qolar halovati.
Buxoriylar, Xorazmiylar zakovati,
Ilm-u ziyo maskanisan, O‘zbekiston!
Rayyona ZOKIROVA,
Farg‘ona viloyati Rishton tumani
49-maktab 8-sinf