Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2024-yil 10-son

  • Ustozga taʼzim

    Yulduzlardan guldastalar

    Tuzaman o‘zim,

    Ilmingizdan shoda durlar

    Tizaman o‘zim.

    Sizga bo‘lgan muhabbatim

    Kamalak rangda

    Yuragimga o‘chmas qilib

    Chizaman o‘zim.

    Qalb to‘rida ifor sochgan

    So‘nmas gultojim,

    Ta’zimdaman bir umrga

    Sizga, Ustozim!!!

     

    So‘zingizdan mo‘jizalar

    Sehrini

    ...
  • Til havosi

    Bayram munosabati bilan jurnalimiz muxlislariga milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan ona tilimiz haqida yangi ma’lumotlar berish maqsadida kutubxonamdagi kitoblarni ko‘zdan ke­chirdim. Taniqli adib, adabiyotshunos Ahmad A’zamning “Til nomusi” deb nomlangan maqolalar to‘plamini qo‘limga oldim. Adib unda ona tilimizning tarixi, buguni va kelajagi haqidagi kuzatishlari,

    ...
  • Kelajak – matematika bilan

    Buyuk nemis shoiri GyoteningMatematika qiziqarli, matematik fokuslar ta’sirli bo‘lishi mumkin,   raqamlarning bir-biriga aloqalari g‘alati bo‘lishi mumkin.Raqamlar dunyoni boshqarmaydi, lekin ular dunyo qanday boshqarilishini ko‘rsatadi degan fik­ri bor. Darhaqiqat, qaysi davlatda rivojlanish yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda matematik ilm, olimlar

    ...
  • Nuktadon olim

    1394-yilning erta bahor kunlarining birida choparlar (xat-xabar yetkazuvchi maxsus otliq mulozimlar) Sohibqironga sevinchli xabar olib keladilar. Navro‘zning ikkinchi kuni, ya’ni 1394-yilning 22-martida Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruh Mirzo oilasida to‘ng‘ich farzand dunyoga kelgan edi.

    – Alloh nasib etsa, nevarangiz kelajakda ham olim, ham ulug‘ podshoh bo‘lgay, – deya duo

    ...
  • Bagʻringiz chaman

    Jaranglar qo‘lda sozim,

    Yangraydi sho‘x ovozim.

    Barchasi siz tufayli

    Mehribonim, ustozim.

     

    Berdingiz har kun saboq,

    Niyatingiz sutdek oq.

    Beqiyosdir mehringiz,

    Kutasiz ochib quchoq.

     

    Talpinaman siz tomon,

    Bag‘ringiz gulzor, chaman.

    Tilingiz biram shirin,

    Sizni o‘pib,

    ...
  • Charogʻon quyosh

    Hayot maktabimga qo‘ygan tamal tosh,

    Yo‘limni yoritgan charog‘on quyosh,

    Har bir yutug‘imda bo‘ldilar bosh-qosh,

    Birinchi ustozim – munisam onam.

     

    Erka qizlariga tanitdilar harf,

    Qancha asablar-u, ko‘zlar nuri sarf,

    Bugun she’riyatga oshuftadir qalb,

    Birinchi ustozim – munisam onam.

     

    “Ma’rifat-la

    ...
  • Kitob – doʻst!

    G‘ij-g‘ij bilimlarga kon,

    Bag‘ri to‘la go‘yo nur!

    Qo‘lga olganingiz on,

    U – kitob, do‘stdir, axir!

     

    U tomon yuz burganning,

    Uni jondan sevganning,

    Baxt yo‘lin topganin ko‘r,

    U – kitob, do‘stdir, axir!

     

    Jaholatni quvaylik!

    Ma’rifatni yoyaylik! 

    U tomon yo‘l yuraylik!

    U –

    ...
  • She’riy matematika

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar shoiri, mohir pedagog Negmurod Guliyevni bir qator ajoyib she’rlari va matematik jumboqlari orqali jurnal o‘quvchilari yaxshi biladilar.

    Tajribali muallimning “She’riy matematika” nomli yangi kitobidagi she’riy yo‘l bilan ifodalangan matematik masalalar siz o‘quvchilarda ham adabiyotga, ham matematikaga

    ...
  • Anjuman taassurotlari

    Yaqinda Italiyaning Triesta shahrida “Har bir bolaga kitob beraylik” shiori ostida Butunjahon bolalar va o‘smirlar adabiyoti Kengashi (IBBY)ning 39-Xalqaro kongresi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan ham uch vakil qatnashdi. Shulardan biri Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti, “Gulxan” jurnalining  faol muxbiri, yosh,

    ...
  • Muzaffarlik onlari

    Shaxmat – asrlar da­vomida shakllangan intel­lektual sport turi. U o‘yinchilarning fikrlash qobiliyatini va mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Yosh-u qari uchun ham qiziqarli, ham foydali va qulay bo‘lgan bu sport turi mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida borgan sari ommalashayotgani, rivojlanayotgani barchamizni quvontiradi.

    O‘zbekiston yoshlari shaxmat

    ...
  • Danak haqida kim qanday yozgan?

    Kichkintoylarning sevimli shoiri Tursunboy Adashboyev so‘zni so‘zga juftlab, o‘z hayrati-yu bor g‘ayratini qog‘ozga tushira boshlaganida 12-13 yoshlarda bo‘lganini sog‘inch bilan xotirlagan. “Mening adabiyotga kirib kelishim, – deb yozadi shoir, – avvalo, muallimlarimning, qolaversa, Abdullajon Shaitovday fidoyi, adabiyotga juda mehr qo‘ygan odamlarning ta’siri tufayli

    ...
  • Oydin kunlar ilinji

    4-oktyabr – O‘zbekiston ta­ri­xidagi eng qayg‘uli sanalardan biri hisoblanadi. Aynan shu kun ko‘plab o‘zbek ziyolilari mil­latchilikda, Vatanga xiyonatda ayblanib, otib tashlandi.

    Har yili bu sana millatning qo‘lidan ushlab, iymon-e’ti­qodga, ilm-ma’rifatga, ziyoga yetaklagan G‘ulom Zafariy, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon kabi ilm sohiblarining otuvga hukm qilingan

    ...
  • Naqadar yaxshi

    Sizning borligingiz naqadar yaxshi,

    Borligingiz go‘yo qalbga tutar gul.

    Shoningizni kuylab to‘ymaydi baxshi,

    She’r yozib qalamim charchamas butkul.

     

    Chechaklar unadi go‘yo ichimda,

    Nurli yuzingizni o‘ylasam, Ona.

    Ovozingiz bo‘lsin kunduz-kechimda,

    Baxtlarga cho‘maman yana va yana.

     

    Parvona etdingiz,

    ...
  • Vatanim

    Vatanim mangu gulzor,

    Har go‘shasi maftunkor.

    Qo‘l cho‘zsak yetar ko‘kka,

    Imkoniyatimiz bisyor.

     

    Qushchalar uchar shodon,

    Onam yopar shirmoy non.

    Qayerda bor bunday el?!

    Shukr, tinchdir bu osmon.

     

    Asaloy RUSTAMOVA,

    Ogahiy nomidagi ijod maktabi, 7-sinf

  • Goʻzal kalomim

    Ajdodlardan qolgan merosim,

    Olam ichra yagona tilim.

    Sening ila yuksak parvozim,

    Iftixor-la mavjlanar dilim.

     

    Qasidalar yozilgan sen-chun,

    Navoiylar madhing etgan yod.

    Zabonimda yangraysan har kun,

    She’rlarimga baxsh etib hayot.

     

    Turkiy tilim – go‘zal kalomim,

    Sen borsanki, so‘zlarim

    ...
  • Intilganim

    Vatanlar ko‘p, ammo o‘zing yagonasan,

    Olam aro eng chiroyli durdonasan.

    Talpinganim, intilganim, himoyasan,

    Jannatmakon ona diyor, O‘zbekiston!

     

    Quchog‘ingda yayragayman bir gul bo‘lib,

    Osmono‘par tog‘laringday mag‘rur bo‘lib.

    Jaloliddin, Amir Temur qizi bo‘lib,

    Sening bilan yashnagayman,

    ...
  • Musohibimsan, qalam

    Oh ursam,

    Ohlarim tinglaguvchimsan,

    Shubhasiz, qalbimni yayratgan olam.

    Ravzam ichra mening kuylaguvchimsan,

    Mening musohibim o‘zingsan, qalam.

     

    Men bir havasmandman, hamrohim o‘zing,

    Dilkash ash’orlarga bosay ming qadam.

    Ming bir jilva qilgan dilimda so‘zing,

    Mening musohibim o‘zingsan,

    ...
  • Baxtni quchib yashaymiz

    Orzularda oyga uchib yashaymiz,

    Goh Parijdan Rimga ko‘chib yashaymiz.

    Kulgularni poyingizga to‘shaymiz,

    Biz – bolalar baxtni quchib yashaymiz.

     

    Aslo kerak emas bizga g‘avg‘olar,

    Bizni qiziqtirmas boylik – dunyolar.

    Kelajakda bizdan chiqar daholar,

    Biz – bolalar baxtni quchib yashaymiz.

     

    Boqmaymiz hech

    ...
  • Qadim tumorim

    Shukrona aytib bugun,

    Qo‘limga qalam oldim.

    O‘tmishingni ko‘p o‘qib,

    Bir zum xayolga toldim.

     

    Nelar ko‘rmadi boshing,

    Chidab, yetdi bardoshing.

    Chaman etdi sahroni

    Istiqloling – quyoshing.

     

    Quvonchimdan ko‘zda nam,

    Qurimasin hech bog‘ing.

    Alloh nazar solgan yer,

    Gavhar erur

    ...
  • Bobom va buvim

    Bobom nasihatidan

    Dil uyim bo‘lar obod,

    Duolari yo‘limni

    Ravon etar umrbod.

     

    Buvimning har qadami

    Bizlar uchun chin ibrat.

    “Odobli, chaqqon bo‘ling”,

    Deya qilar nasihat.

     

    Aziz nuroniylarning

    Omon bo‘lsin boshlari.

    Asrlar yuzin ko‘rib,

    Yuzdan oshsin

    ...
  • Tipratikanlar

    Tipratikanlar bir-biri bilan gaplashayot­ganini eshitganmisiz?

    Men eshitganman. Ishonmaysizmi?

    Unda bir boshdan aytib beraman. Biz qishin-yozin Karacharovda, daryo bo‘yida, har tomondan o‘rmon bilan o‘ralgan kichkina uyda yashaymiz. Biz o‘rmonga qushlarning qanday yashashi va qo‘shiq aytishini, o‘rmon gullari qanday gullashini, hasharotlar uchib, sudralib yurishini tomosha

    ...
  • Oliyjanob qalb egasi

    Men – Ozoda Abdurahmonova salkam 40 yil­dan buyon Toshkent viloya­tining O‘rta Chirchiq tu­ma­nidagi 25-maktabda bio­logiya fanidan dars berib kel­moqdaman.  Yaqinda Ab­dulla Avlo­niy nomidagi pedagogik mahorat mil­liy institutida kasb bayramimiz mu­no­sabati bilan “O‘zbekiston Res­pub­likasi xalq o‘qi­tuvchisi” faxriy unvoni bilan

    ...
  • Birinchi muallim

    Siz aziz kitobxonlar yozuvchisi Chingiz Aytmatov haqida, albatta, eshitgansiz.  Hech bo‘lmaganda uning bitta hikoya yoki qissasini o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Bugun sahifamiz orqali uning “Birinchi muallim” qissasi haqida gaplashamiz. 

    Har  bir  yozuvchining  o‘z  dastxati,  ovozi  bo‘lganidek,  Chingiz  Aytmatov ijodining o‘ziga xos,

    ...
  • Ilk pillapoya

    Hayotda qalbiga musiqa kirib bormagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Chunki sehrli kuy shuurni hissiyotga to‘ldiradi.  Xalqaro musiqa kuni munosabati bilan aynan shu haqida to‘xtalamiz. To‘g‘rirog‘i, poytaxtimizdagi navo­baxsh kuy taraladigan, sehrli ohanglar yangrab turadigan ikki o‘quv maskani to‘g‘risida

    ...
  • Oyogʻim ogʻridi

    Oyim bilan qayergadir bormoqchi bo‘lsak, mahallaning boshidagi bekatgacha ancha yayov yurardik. U yerga borguncha oyog‘im og‘rib qolardi. Oyimga “Taksi chaqiraylik” desam, piyoda yurish sog‘liq uchun foyda ekanini aytardi. Oyoqlarni toliqtirib, uzoq masofaga borishning qanday foydasi bor ekan-a? Oyim bilan bozorga borishni juda yomon ko‘raman. Biror nima xarid qilmasak-da, hamma do‘konga

    ...
  • Sedanali non

    Hech o‘ylab ko‘rganmizsiz, nima uchun nonlarimiz sedanali? Buxoro xonligida 1681-1702-yillarda hukmronlik qilgan Subhonqulixon tabobatga qiziqqan va o‘zi ham  unga doir asarlar yozgan. Uning hukmronligi davrida  o‘tkir yuqumli “Ich terlama” kasalligi butun shaharda avj oladi. Xalq orasida sarosima boshlanadi. Shunda hukmdor farmon chiqaradi. Unga ko‘ra, shu kundan boshlab novvoylar

    ...
  • Tiyin asli qimmat

    O‘zbek tilidagi “tiyin” so‘zi olmaxon degan ma’noni anglatishini bilasizmi? Uning mo‘ynasi qalin va qimmat bo‘lgani bois turli ayriboshlash, savdo-sotiqda pul-qiymat sifatida ishlatilgan.

    Hozirgi o‘zbek tilidagi “tanga” so‘zi ham qadimgi turk tilidagi “tamg‘a” so‘zidan olingan. Qadimda har bir hukmdor mis, kumush, oltin kabi metallarga o‘z tamg‘asini bosib, muomalaga chiqargan va

    ...
  • Momoqaldiroq afsonasi

    O‘zbek tilidagi “momaqaldiroq” so‘zi qadimgi afsonalardan olingan “osmonda yashovchi kampir” obraziga  borib taqalishini bilarmidingiz? Gap shundaki, o‘zbek xalq ijodida havoni guldiratib, yomg‘ir yog‘diruvchi “guldirmomo”, “momaqaldiroq”, “gupudakmomo”, “momopo‘stak” kabi afsonalar va asotirlar mavjud.

    Surxondaryoliklar orasida momaqaldiroq gumburlaganda “gupudak momo suprasini

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    –   Sen qachon jurnaldagi baholaringni tuzatasan? – jahl bilan so‘radi dadasi.

    –   Dada, men besh kundan beri harakat qilyapman, lekin o‘qituvchim jurnaldan ko‘zini uzmayapti.

     

    ***

    Akbar ona tili fanidan “Oilamning kelib chiqishi” haqida kichik insho yozishi kerak edi. U buvisidan yordam

    ...
  • Obi hayot moʻjizasi

    Mana shu o‘g‘­lim qo‘lida ushlab turgan termos yaponchada “Suito” deyiladi.  Tushunganingizdek, issiqni issiq, sovuqni sovuq ushlab turadigan “issiq-sovuq” matoh.

    * Xullas, ana shu “Issiq-sovuq” Yapo­ni­yadagi bolalarga bog‘­chadaligidayoq majburiy qilib qo‘yiladi. Har bitta bolada u bo‘lishi shart. Ko‘chaga o‘yna­gani chiqqan yapon bo­lalarining qo‘lida

    ...
  • Tilak Joʻra

    Hassos shoir, tarjimon va adabi­yotshunos Tilak Jo‘ra o‘tgan asrning 70-yillarida adabiyotga kirib keldi. U qisqa, ammo sermazmun umr kechirdi: yorqin, haroratli she’rlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor bo‘ldi.

    Tilak Jo‘ra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qora­ko‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ildi. 1956-1966-yillarda o‘rta maktabda, 1966-1972-yillarda ho­zirgi

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.